Bemorlar haqida latifalar

Doktor qabulida:
— Doktor ayting-chi, shu gap rostmi? Sog‘liqni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmas ekan?!
— Kim aytdi sizga bu ahmoqona gapni?
Bemor shifokor ko‘rigidan o‘tdi.
— Xo‘sh, menda qanday kasallik bor ekan?
— Sizda istagan kasallik: oddiy tumovdan tortib juda kam uchraydigan yurak nuqsoni ham bo‘lishi mumkin... Hammasi sizning moddiy ahvolingizga bog‘liq.
Kasalxonada:
— Nima uchun operatsiya xonasidan baqirgan ovoz eshitilyapti?
— Bemor baqiryapti.
— Narkoz qilishmadimi unga?
— Hozir qilindi. Hali hushidan ketgani yo‘q.
— Vrach shoshilib qorinni kesib yubordimi?
— Yo‘q. Vrach internetga kirib, "Ok gugl. Appendiks qaysi tarafda joylashgan" degan edi, bemor uni gapini eshitib qoldi.
— Doktor, betob bo‘lib qoldim. Nima qilay?
— Tezroq tuzaling!
— Rahmat doktor!

Bemorga kapelnitsa qo‘ygan hamshira qiz kravatni bir chetiga o‘tirib olib, telefon o‘ynay boshlabdi.
— Yaxshimisiz bemor?
— Yaxshiman.
— O‘zingizni qanday his qilyapsiz?
— Yaxshi.
— Hozir kapelnitsa tugasa, ahvolingiz ancha yaxshilanadi.
— Kapelnitsa shlankasini ustidan turmasangiz, ahvolim hech qachon yaxshilanmasa kerak...

Bir bemor palatada yotsa, eshik taqillabdi.
— Kiravering! - debdi bemor.
Chiroyli bir hamshira qiz qo‘lida ukol bilan kirib kelibdi-da, qo‘lidagi ukolni bemorni yonboshiga qilib tursa, bemor:
— Singlim, baribir yonboshimga ukol qilar ekansiz, nega eshikni taqillatdingiz, - dermish.
Bir odamni o‘g‘lini qo‘shnisini kuchugi tishlab olibdi.
Vrachga borsa, vrach so‘rabdi:
— Bolangizni qanday it tishladi?
— Kichkina it tishladi, - javob beribdi haligi odam.
— Daydi it tishladimi yoki tanish itmidi deb so‘rayapman, - debdi vrach.
— Meni itlardan tanishim yo‘q, - debdi boyagi odam.
— Doktor, davosi yo‘q qanday dardga chalinibman?
— Pulsizlik dardi...
Okulist vrach huzurida:
— Hurmatli bemor, yaqinda ko‘zoynaksiz kitob o‘qishni boshlaysiz.
Bemor:
— Qanaqasiga? Axir men hech narsani ko‘rmayapman-ku!
Vrach:
— Men barmoqlaringiz bilan o‘qiysiz kitobni demoqchi edim.
Bir kishi doktorning oldiga kelib:
— Doktor, shu yerimni ushlasam og‘riyapti, - desa, doktor:
— Ushlamang, og‘rimaydi! Sizdan 50 ming so‘m, - debdi.