Bemorlar haqida latifalar

— Aytinchi doktor, men o‘lamanmi?
— Ha!
— Yaqin-oradami?
— Yo‘q! Xavotir olmang! Bizni xususiy klinikamizga hali ancha qatnaysiz.
Kasallik varaqasini to‘ldira turib, doktor bemor ayoldan so‘rabdi:
— Xo‘sh, opajon yoshingiz nechada?
— Opajon, demang meni! Axir endigina yigirma sakkiz yosh va bir necha oyga to‘ldim...
— Xo‘sh, necha oy?
— Bir yuz to‘kson sakkiz oyga...
Ayolga vrach:
— Sizda ortiqcha vazn bor! - desa, ayol:
— Ortiqcha emas, zahiradagisi! - dermish.
Bir odamni yong‘in paytida ikkita qulog‘i ham yonib ketibdi. O‘ylab-o‘ylab, oxiri boshqa quloq qo‘ydiradigan bo‘libdi. Unga operatsiya qilib boshqa quloq o‘rnatishibdi. Hammasi yaxshi chiqibdi. Kunlardan bir kun u doktorga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Doktor, nima menga ayollar qulog‘ini o‘rnatdingizmi? - debdi.
— Nima qildi biror muammo bormi? Mana yaxshigina eshityapsiz, - desa,
— Eshitganda yaxshigina eshitaman. Lekin hech nimani eslab qola olmayman. Bittasidan kirib, ikkinchisidan chiqib ketyaptida, - dermish.
Bir qari kampir shifokor huzuriga borib:
— Bolam, yuragim ogʻriyapti, - debti. Shunda doktor:
— Koʻpqavatli uyda turasizmi buvijon? – desa, kampir:
— Ha, 3 qavatda turaman, - deb javob beribdi.
Doktor:
— Sizga umuman zinadan foydalanish mumkin emas. Manavi dorini 2 oy ichasiz. Dori tugagach keling, tekshiramiz, - debdi.
Onaxon 2 oydan soʻng kelib, yuragini tekshirtiribdi.
Doktor xayron qolib:
—Onajon, sizni yuragigingiz 18 yoshli qizlarni yuragidek uryapti. Siz butunlay sogʻsiz! - debdi.
Kampir xursand boʻlib:
— Endi uyimga zinadan chiqsam boʻladimi? – desa, doktor:
— Shu paytgacha nimada chiqayotgandingiz? –debdi.
Onaxon:
— Ikki oydan beri oyna, tarnovlarga ilashib chiqayotgandim, - dermish.
— Doktor, meni ko‘zim og‘riyapti. Ko‘rib qo‘ying
— Xo‘sh, ko‘zingizdan ko‘rinib turibdiki, o‘pkangiz shamollagan, ichaklarda muammo bor, oshqozoningiz ishlamayapti.
— Doktor, axir bu ko‘zim protez! Bunisini ko‘ring!
— Bemor nimadan vafot etdi?
— Muhabbatdan!
— Shunchalik sevarmidi? Kimni?
— U aroqni jonidan ortiq ko‘rardi!
Hamshira bemorga maslahat beryapti:
— Agar shifokorga ataganingiz bo‘lsa operatsiyagacha bering! Aks holda keyin kech bo‘lishi mumkin...
— Doktor, operatsiyadan keyin men pianino chala olamanmi?
— Albatta chala olasiz.
— Xudoga shukurey, ilgari chalishni bilmasdim.
Institutda dars beradigan domla kasal bo‘lib qolibdi. Domlani bir talaba ko‘rgani kelibdi.
Talaba:
— Ha, domla nima bo‘ldi? Itdek ozib ketibsizku!
Domlani bu gapdan keyin battar mazasi qochibdi.
Keyin yana bir talaba domlani ko‘rgani kelibdi. Domla ikkinchi kelgan talabaga, birinchisini yomonlab ketibdi. Qara men o‘zim o‘qitib, talim bergan shogirdim meni itga tenglashtirdi.
Ikkinchi talaba:
— Eh, domla hafa bo‘lmang. Yaxshi bo‘lib sog‘ayib ketasiz, cho‘chqaday semirib ketasiz hali.
Domla avvalgidan ham battar bo‘lib qolibdi.
Keyin domlani eng yaqin do‘sti kelibdi. Keyin domla do‘stiga talabalarni ikkisini ham yomonlabdi:
— Ey do‘stim, men o‘zim o‘qitib odam qilgan shogirdlarimni qara, bittasi itga, ikkinchisi cho‘chqaga tenglashtirdi nomardlar!
Bu gaplarni eshitib do‘stini jahli chiqib ketdi:
— Do‘stim, sen umuman ko‘nglinga olma. Bu ikkala shogirding ham aslida odamdan emas, eshakdan ta’lim olgan ekan!