Institutda dars beradigan domla kasal bo‘lib qolibdi. Domlani bir talaba ko‘rgani kelibdi.
Talaba:
— Ha, domla nima bo‘ldi? Itdek ozib ketibsizku!
Domlani bu gapdan keyin battar mazasi qochibdi.
Keyin yana bir talaba domlani ko‘rgani kelibdi. Domla ikkinchi kelgan talabaga, birinchisini yomonlab ketibdi. Qara men o‘zim o‘qitib, talim bergan shogirdim meni itga tenglashtirdi.
Ikkinchi talaba:
— Eh, domla hafa bo‘lmang. Yaxshi bo‘lib sog‘ayib ketasiz, cho‘chqaday semirib ketasiz hali.
Domla avvalgidan ham battar bo‘lib qolibdi.
Keyin domlani eng yaqin do‘sti kelibdi. Keyin domla do‘stiga talabalarni ikkisini ham yomonlabdi:
— Ey do‘stim, men o‘zim o‘qitib odam qilgan shogirdlarimni qara, bittasi itga, ikkinchisi cho‘chqaga tenglashtirdi nomardlar!
Bu gaplarni eshitib do‘stini jahli chiqib ketdi:
— Do‘stim, sen umuman ko‘nglinga olma. Bu ikkala shogirding ham aslida odamdan emas, eshakdan ta’lim olgan ekan!

141

Boshqa latifalar

Maktabda ota-onalar majlisi boshlanibdi. Sinfning eng to‘palonchi o‘quvchisini otasiga o‘qituvchi debdi:
— Sizni o‘g‘lingiz maktabda har kuni o‘zini yomon tutadi.
Ota:
— Nima? Meni shunga chaqirdingizmi? O‘g‘lim uyda ham har kuni to‘palon qiladi. Sizni uyga chaqirtirmayapman-ku!?
318
Bir qiz uchrashuvga kech qolib keldi.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?
404
Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo‘yibdi.
Yo‘ldan o‘tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so‘rabdi.
— Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Iye, bu benzinku!
— Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Vrach jahl bilan pulni to‘lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to‘lab ketasiz. Vrach pulni to‘lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o‘tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani ko‘rmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul.
— Iye, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, ko‘rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.
338
Maktabda o‘qituvchi bolalardan uyga vazifani tekshiribdi.
Birinchi o‘quvchi:
— Tushunmadim, - debdi.
Ikkinchisi:
— Vaqtim bo‘lmadi, - debdi.
Uchinchisi bo‘lsa:
— Menga bahona qolmadi-ku! - degan ekan.
208