Boshliqlar haqida latifalar
Bir kuni haydovchi xo‘jayiniga maslahatli ishi bor ekanini aytibdi.
Xo‘jayin:
— Nima gap, - deb so‘rasa:
— Xo‘jayin, ikkovimizga bitta shofyor olsak, qanday bo‘larkin?!, - dermish.
— Boshliq kotibaga qaychi shunchalik shartmi, qaychini nima ahamiyati bor?
— Rosa ahamiyati borda, mana eski kotibam shu qaychisi yo‘qligi uchun ishdan bo‘shab ketdi.
— Qanday qilib?
— Bir kuni shimimni tugmasi uzilib ketgan ekan. Kotibadan tikib berishini iltimos qildim, tikib bo‘lib ipni uzmoqchi bo‘lib izladi qaychi topaolmadi, keyin tishlab ipni uzayotgan payti xotinim kelib qolgandida.
— Siz o‘z vazifalaringizni juda yaxshi bajarayapsiz. Oshirishning vaqti keldi menimcha...
— Nimani? Maoshimnimi?
— Yo‘q, ish hajmini!
— Xo‘sh, bu safar nimani bahona qilasiz?
— Aytsam ishonmaysiz! Bekatda avtobus kutib...
— Balki bu safar men eshitmagan biror gapni aytarsiz?!
— Bugun ko‘rinishingiz juda ajoyib o‘rtoq boshliq...
— Nega kech qoldingiz?
— Kechirasiz, 3-qavatdan yiqilib tushdim, - debdi haligi odam.
Rahbarni battar jahli chiqib:
— Nima, bir soat tushdingizmi pastga?! – dermish.
— Siz tushlarni o‘ngidan kelishiga ishonasizmi?
— Ha, ishonaman, - debdi xodim.
— Unda siz ishdan bo‘shadingiz, - debdi boshliq.
Rais ishchilarga majlis o‘tkazyapti:
— Matqobul, siz yana hayfsan oladigan ish qildingiz! - debdi ishchilardan biriga.
Jim o‘tirgan boshqa bir ishchi chiday olmay o‘rnidan turib raisga debdi:
— Rais tog‘a, nega hadeb shu Matqobilga bir narsalar beraverasiz?! Bizda-yam bola-chaqa bor! Bizgayam biror martta bering-da o‘sha hayfsandan. Biz ham olaylik!
Ishga joylashmoqchi bo‘lgan nomzod suhbatdan o‘tmoqda:
— Tajribangiz bormi? - so‘rabdi rahbar.
— Ha, bu yigirmanchi suhbatim... - debdi nomzod.
Hamma niqobda, boshliq kim aksirganini bilolmasdan:
— Kim aksirdi? - debdi.
Hamma jim!
— Kim aksirdi deyapman?!
Yana hamma jim!
Bir xodim sekin o‘rnidan turib "Tamomman endi" deb "Men, aksirdim boshliq" desa, boshliq:
— Sog‘ bo‘ling! - degan ekan.
— Sattorov! Siz umuman ma’suliyatni his qilmayapsiz! Ishga kech kelasiz! Topshiriqlarni bajarmaysiz! Bunday davom etaversa, siz bilan birga ishlay olmaymiz! - desa, Sattorov o‘rnidan turib:
— Boshliq, qayoqqa ketmoqchisiz? - dermish.