Boshqalar haqida latifalar
— Negadir meni gapimni hech kim eshitmayapti. Uydagilar, ishxonadagilar, ko‘chadagilar, hech-kim... Siz biror chorasini topa olasizmi deb yoningizga keldim, - desa, tabib:
— Gapirsang, tezroq gapir uka. Meni vaqtimni olma!, - dermish.
— Og‘ayni shu kunlarda kechalari umuman uxlay olmayapman. Inqiroz qattiq ta’sir qildi menga. Sizchi, sizda qanday kechyapti?
— Men chaqaloqlardek uxlayapman.
— Yo‘g‘-ye?
— Ha, har 10 minutda uyg‘onib, yig‘lab-yig‘lab olyapman.
1. Futbolchi - o‘zi tepib o‘zi quvlaydi.
2. Tikuvchi - o‘z qirqib o‘zi yamaydi.
3. O‘qituvchi - o‘zi bilganini o‘quvchidan so‘raydi.
4. Sartarosh - o‘zi barchani sochini oladi-yu, o‘zini sochini birovga oldiradi.
5. Avtobus haydovchisi - barchani manziliga olib borib qo‘yib, o‘zi piyoda boradi.
6. Arxeolog - o‘zi yo‘qotmagan narsani izlaydi.
— Ey, Farishta 100 yil sen uchun qancha vaqt?
Farishta:
— Bir zum, - debdi.
Haligi kishi yana so‘radi:
— Bir million dollar sen uchun qancha pul?
Farishta:
— Bir tiyin.
Shunda haligi kishi:
— Menga bir tiyin ber.
Unga javoban Farishta:
— Bir zum kutgin, - debdi
— Allo, kimligimni top-chi?, - desa, dispecher qo‘nish maydonidagi hamma chiroqlarni o‘chirib qo‘yibdi-da:
— Qayerga qo‘nishingni top-chi, - dermish.
— Yangilikni eshitdingmi?, - deyishibdi.
— Yo‘q, - debdi yigit.
— Manavini ichib ol, keyin aytamiz, - deb bir piyola aroq uzatishibdi.
Yigit ichib:
— Nima gap? Aytinglar, - desa, boyagi paxtakorlar yana bir piyola aroq uzatib:
— Buniyam ich, xabarni eshitishing osonroq bo‘ladi, - deyishibdi.
Shunday qilib unga yana uch piyola aroq ichirishibdi-da, g‘irt mast bo‘lib bir chyetda yotgan yigitga qarab:
— Endi gapni eshit! Hozir bu yerga televideniyadan kelishadi. Eng namunali paxtakor deb seni suratga olishmoqchi ekan, - deyisharmish.