DAN-xodimlari haqida latifalar

Yo‘l patrul xizmati xodimi shubhali mashinani to‘xtatsa, ruldagi haydovchi g‘irt mast emish.
— Ichib turasizmi haydovchi? - deb so‘rabdi xodim.
Haydovchi aroq to‘la piyolani unga uzatib:
— Siz bilan birinchi martta, - degan ekan.
DAN xodimi bir avtomobilni to‘xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o‘nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab:
— Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi.
Haydovchi:
— Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi.
Ko‘chadagi boshqa mashinada o‘tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo‘rquv bilan:
— Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish.
Hujjatlarini tekshirayotgan YPH xodimiga asabiylashgan haydovchi debdi:
— Tezroq bo‘lsangiz-chi! Orqamdan hamkasblaringiz quvlab kelishyapti.
Bir kisavur yigit yo‘lda ketayotsa, mototsikl katta tezlikda kelib, urib yuboribdi.
Mototsekilchi qo‘rqib, qochib ketibdi. Yaqin-o‘rtada turgan GAI xodimi yetib kelib, haligi boladan:
— Mototsikl raqamini ko‘rdingmi? - desa, kisavur:
— Ko‘rmadim-u, lekin hujjatlari menda, - dermish.
Haydovchi DAN xodimiga jahl bilan:
— Viloyat DAN boshlig‘i mening qaynotam bo‘ladi, - debdi.
— Yolg‘on! Bo‘lishi mumkin emas!
— Nega yolg‘on deb o‘ylaysiz?
— Unaqada boja bo‘lishimiz kerak edi-da.
2ta GAI xodimi radar bilan yo‘l chekkasida turibdi.
Bir mashina katta tezlikda uchirib kelayotgan ekan.
— Tezligi necha ekan? - deca
Sherigi:
— 50 000 so‘m.
— DAN xodimi bilan Xitoylikni nima birlashtiradi?
— Ikkisini ham tayyoqcha boqadi.
Bir odam ko‘chada 100 dollarlik pulni qalbaki emasligini tekshirish uchun quyoshga tutib tomosha qilib tursa yoniga bir GAI xodimi kelib:
— Mashinada emasmisiz?
— Yo‘q!
— Afsus!
Bir GAI xodimi kimmi to‘xtatsa, xa ota, kelin ota, dokumentlar ota, ota, der ekan. Bir kishi qiziqib so‘rabdi:
— Nimaga siz kottami kichkinami ota ota divurasiz disa
— GAI chunki bulani to‘xtatish uchun shundo palkamni ko‘tarsam bula darrov onamdan so‘kadi dermish....
Bir haydovchi mashinasini boshqarib ketayotsa, orqasidan bittasi katta tezlikda kelib uribdi. Birinchi mashina haydovchisi tushib:
— Bu nima qilganing?! Shunaqa-yam haydaydimi? – deb baqira boshlabdi.
Orqadan kelib urgan mashinani haydovchisi bo‘lsa muloyimlik bilan uzr so‘rab:
— Bo‘ldi, hammasini to‘layman. Jonimiz omon qoldi-ku! Keling, sog‘ qolganimizni nishonlaymiz, - deb darrov mashinasidan aroqni olib, bir ryumkada quyib, “Oling, oling” deb ichirib yuboribdi-yu o‘zi ichmabdi.
Aroqni ichib yuborgan haydovchi:
— O‘zing nega ichmading? – desa, orqadan urgan haydovchi:
— Ana, YPH xodimlari kelishyapti. Oldin hal qilib olishsin avariyaga kim aybdorligi, - dermish.