Erkaklar haqida latifalar

Hammom bilan bar yonma-yon joylashgan ekan. Bir kishi hammomdan kiyimsiz chiqib, barga kiribdi-da, barmenga debdi:
— Pivo quy!
Barmen pivo quyib berib, haligi kishiga qarab tursa, — Nima, kiyimsiz odam koʻrmaganmisan? – debdi.
Barmen:
— Yoʻq koʻrganman. Faqat pivoni pulini qayerdan olarkan deb qarab turibman, - dermish.
Sibir havo judayam sovuq. Ikki erkak turgan ekan, biri juda bahaybat it bilan, ikkinchisidan so‘rabdi:
— Isinib olishni xohlaysanmi?
— Xohlayman
— Fas!!
Yigit:
— Seni sevaman.
Qiz:
— Xa-xa-xa.
Yigit:
— Seni sog‘indim.
Qiz:
— Xa-xa-xa.
Yigit:
— Qachon ko‘rishamiz?
Qiz:
— Xa-xa-xa.
Yigit:
— Ko‘rishganimizda sanga tilla oberaman.
Qiz:
— Qachon?
Yigit:
— Xa-xa-xa.
Bir ovchi o‘rtog‘iga:
— Ayiq o‘ldirdim, - debdi.
— Nechta o‘q otding? - desa,
— O‘nta o‘q, - debdi.
— Nechtasi tegdi? - so‘rabdi yana do‘sti.
— Birortasi-yam tekkani yo‘q! Ayiq kulib-kulib, o‘lib qoldi, - degan ekan ovchi.
Firma rahbari sekretariga:
— Bir haftaga komandirovkaga boramiz, uyingizga xabar bering, - debdi.
Sekretar eriga telefon kilib:
— Men bir haftaga komandirovkaga ketayapman, - debdi.
Er paytdan foydalanib o‘ynashiga telefon qilib:
— Bir hafta menikida turasan, xotinim yo‘q, - debdi.
O‘ynashi repititor ekan, o‘quvchisiga telefon qilib:
— Bir hafta o‘qitolmayman, bir oz dam olgin, - debdi.
O‘quvchi bobosiga telefon qilibdi:
— Bobojon meni bir hafta darsim yo‘q ekan, meni shahar aylantiring.
O‘quvchining bobosi haligi firma rahbari ekan, yo‘q deya olmabdida sekretariga:
— Komandirovka qoldirildi, - debdi.
Sekretar eriga telefon qilib:
— Komandirovka qoldirildi, - debdi.
Er o‘qituvchi o‘ynashiga telefon qilib:
— Endi iloji yo‘q, xotinim komandirovkaga bormaydigan bo‘ldi.
O‘qituvchi o‘quvchiga telefon qilib:
— Dars o‘tadigan bo‘ldik, - debdi.
O‘quvchi, bobosi firma rahbariga telefon qilib:
— Bobo shahar aylanish qoldirildi, boshqa safarga.
Firma rahbari sekretarga:
— Tayyorlaning komandirovkaga boramiz...
— Do‘stim, uyimda suvaraklar juda-yam ko‘payib ketdi. Nima qilishni bilmayapman.
— Sen ularga eshitiladigan qilib “Uyda ovqat yo‘q! Yegulik umuman yo‘q!” deb bir necha bor takrorlagin!
Ertasi kuni:
— Ho‘sh, nima bo‘ldi do‘stim? Kecha aytganlarimni qildingmi?
— Ha, huddi sen aytgandek qildim.
— Natijasi qalay?
— Yarim tunda kimdir biqinimdan turtdi. Turib qarasam, bir gala suvaraklar atrofimni o‘rab olib, “Senga ovqat olib keldik. Yeb ol!” deb turishibdi...!
Yarim tunda bir kishining telefoni jiringlab, go‘shakdan:
— Allo, bu hayvonlarni himoya kilish jamiyatimi?, - degan ovoz kelibdi.
Boyagi kishi g‘azabdan:
— Gapir eshak. Kim seni yarim kechasi xafa qildi?, - degan ekan.
Bir odam yo‘lda ketayotsa, osmondan ovoz etishilibdi:
— To‘xta, tepadan g‘isht tushyapti!
Haligi erkak to‘xtashi bilan, oldiga katta g‘isht kelib tushibdi. Yo‘lda ketishda davom etibdi. Ketayotsa, yana ovoz kelibdi:
— To‘xta, mashina kelyapti!
Darrov to‘xtabdi erkak. Shu payt oldidan katta tezlikda mashina o‘tib ketibdi.
— Sen o‘zi kimsan?, - deb so‘rabdi boyagi odam.
— Men seni haloskor farishtangman!
— Uylanishimdan oldin qayerda eding unda!!!
Hurmatli erkaklar! Agar ayolingiz ixcham, chaqqon va serharakat bo‘lishini xohlasangiz, qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirmang!
Bir kishi folbinga borib, chap qo‘lini uzatibdi. Folbin qo‘liga tikilib qarab, — Tushunmadim, negadir hech narsani ko‘rolmayapman. Taqdiringiz tamom bo‘lgan shekilli, - desa, mijoz:
— Siz o‘ng qo‘limni ko‘ring. Chapi protez, - dermish.