Ertaklar haqida latifalar

Sira ishi yurishmagan bir odam bolalarga ertak aytib beryapti:
“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. O‘sha narsa pul ekan...” deb ko‘ziga yosh kelibdi.
— Xotinjon! Men bugun maosh oldim! Yur senga 8—Mart bayramiga qimmatbaho ko‘ylak bilan brilliant ko‘zli uzuk sotib olamiz!
— Voy, dadasi-yey, menga bunday matohlar kerak emas. Undan ko‘ra shu pullarni olib
o‘rtoqlaringiz bilan toqqa borib dam olib keling!
— Hurmatli radiotinglovchilar, sizlar "Ideal er va ideal xotin" ertagini tingladingiz.
Bir ayol qo‘shnisinikiga elakka chiqibdi. Qo‘shnisi homilador ekan. Ayol qo‘shnisiga debdi:
— Voy qo‘shni, bir dugonam homiladorligida "Tohir va Zuhra" kitobiga boshqorong‘i bo‘lgan ekan egizak tug‘ibdi. Yana-chi, ammamni kelini "Uch og‘ayni botirlar" kitobini o‘qib, uch egizak tug‘ibdi, - desa qo‘shnisining rangi oqarib ketayotgan emish.
— Voy, sizga nima bo‘lyapti, - desa, homilador qo‘shnisi:
— Men "Alibobo va qirq qaroqchi" kitobini o‘qiyotgan edim..., - dermish.
Qorbobo o‘rmonda ketayotsa, oldidan qaroqchilar chiqib qolibdi.
— Senlarga nima sovg‘a qilay? - debdi qorbobo jilmayib.
— Bizga qorqizni bering! Qorqiz, qorqiz, - deb qaroqchilar qorqizni olib qolishibdi.
Qorbobo jahli chiqib, o‘ziga-o‘zi dermish:
— Uchta qorqizimdan ayrildim. Endi yalmog‘iz kampirni olvolaman...
— Cheburashka, meni eshityapsanmi? – debdi timsoh Gena.
— Esing joyidami? Menga yaxshilab qaraganmisan o‘zi? Qanday qilib seni eshitmasligim mumkin?!
Bir kuni Alovuddin yo‘lda ketayotib, sehrli chiroq topib olibdi. Ishqalasa hech kim chiqmabdi. Chiroqdagi yozuvni o‘qisa:
"Man hozir sayohatdaman. Zarur bo‘lib qolsam www.latifa.uz saytidan topasiz" deb yozilgan ekan.
Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yoʻl olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni oʻzingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga boʻsa hadya etsangiz, men goʻzal qizga aylanaman...
Amaki oʻylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin boʻsani hayolingdan chiqar! Goʻzal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yoʻq!
Ichmaydigan, uyim-joyim deydigan, mehnatkash, to‘g‘riso‘z, vafodor erkaklar huddi humo qushiga o‘xshaydi.\nHamma u haqida eshitadi, lekin hech kim uchratmaydi!
Ikkita qari futbolchilar suhbatlashmoqda:
— Qaysi birimiz birinchi bo‘lib olamdan o‘tsak, u dunyoda futbol o‘yini bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabar beramiz, kelishdikmi?
Futbolchilar kelishib olishibdi-da, ko‘p o‘tmay ulardan biri vafot etibdi.
Tirik qolgan futbolchini tushiga 3 kun o‘tib, marhum do‘sti kirib debdi:
— Qalesan do‘stim? Bu yerda ham futbol bor ekan! Lekin senga yomon xabarim bor! Kelayotgan juma kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda seni ham familiyang turibdi.
— Eh, agarda podshoh bo‘lganimdamidi, uncha-muncha podshohdan zo‘r yashardim! O‘zimga xon, o‘zimga bek bo‘lardim, kechqurunlari kiraga ham chiqib turardim.