Harbiylar haqida latifalar

Bir kuni o‘rmon hayvonlari armiyaga bormoqchi bo‘lishibdi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun birinchi bo‘lib quyon kiribdi. Hafa bo‘lib qaytib chiqibdi.
Ayiq so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi quyonvoy?
Quyon:
— Olishmadi. Oldimdagi ikkita tishim uzun ekan... Kel ayiqvoy, seni oldingdagi ikkita tishingni sug‘urib tashlaymiz. Seni armiyaga olishadi.
Ayiq tishlarini sug‘urib, ko‘rikka kirib ketibdi. Birozdan so‘ng "Qani quyon?" deb baqirib chiqibdi.
Hayvonlar:
— Ha nima bo‘ldi? - deyishsa, ayiq:
— Meni oyoqlarim qiyshiq ekan. Tishlarim emas, - degan ekan.
Oddiy askar rota komandiriga shikoyat qilibdi:
— O‘rtoq komandir, meni boshqa qismga o‘tkazinshingizni surayman.
— Nima uchun? Biror sabab bormi?
— Bu qismda askarlar har kuni to‘y-to‘y o‘ynashadi. Meni qo‘limga etikni berib, to‘yni videoga oldirishadi.
— Yaxshimasmi? Har kuni to‘y ko‘rasan...
— Yaxshilikka yaxshi, lekin ertasiga to‘yni diskini so‘rashadi-da...
Desantchilar parashyut bilan o‘quv-sakrash mashqlarini bajarishmoqda. Hamma vertolyotdan sakray boshlabdi. Bortda faqat bitta oddiy askar va praporshik qolibdi. Oddiy askar sakrashga hozirlanayotgan praporshikni to‘xtatibdi.
— O‘rtoq praporshik, onamning aytishicha, oxirgi bo‘lib sakragan kishining parashyuti ochilmas emish.
— Bema’ni gap!
— Shunday bo‘lsa ham, oxirgi bo‘lib sakrashni istamayman.
— Yaxshi, - debdi praporshik, - Sakra. Oxirgi bo‘lib o‘zim sakrayman.
Askar sakrab, havoda asta pastlab borayotsa, yonidan parashyuti ochilmagan praporshik baqirib tushibdi:
— Ha, o‘sha onangni!!!...
— Nima deb o‘ylaysan? Xitoyliklar tinchliksevar xalqmi?
— Esing joyidami? Otib tashlashadi hammani! Miltiqda nishonga olish uchun ko‘zlarini yumib, tayyor bo‘lib turishibdi-ku!
— Oddiy askar Holdorov!
— Men, o‘rtoq komandir!
— Nega formangizni yoqasi tikilmagan?
— Bu sizni qiziqtirmasin! O‘zim bilaman!
— Oddiy askar Holdorov. Komandir bilan qanday gaplashyapsiz?! Nega formangizni yoqasi tikilmagan deb so‘radim sizdan...
— Men tikishni bilmayman.
— Bu meni qiziqtirmaydi!
— Men ham aytyapman-ku, bu sizni qiziqtirmasin deb!
Praporshik vzvod qurol-yarog‘larining holatini tekshiryapti.
— Kimning avtomati bu, yaxshi tozalanmagan? - qichqirdi u.
— Kalashnikov avtomati, o‘rtoq praporshik.
Armiyada komandir askarlarga qarata:
— Kim musiqani yoqtiradi?
Uchta askar “Men” deb oldinga chiqibdi.
Komandir:
— Yaxshi, unaqada sizlar mana bu fortopianoni 4-qavatga olib chiqib berasizlar, - debdi.
Askarlar safda tursa, komandir kelib:
— Oddiy askar Jamilov, safdan chiq! - debdi.
Shunda Jamilov turgan joyida yerga yiqilibdi. Komandir unga:
— Nima bo‘ldi? - desa,
— Orqamdagi boshqa bir askar safdan chiqdi, - debdi.
Bir mayor samolyotdagi soldatlarga debdi:
— Bitta dushmanni "tinchitib", shaxsiy biror buyumini olib kelsangiz, har biriga 1 milliondan beraman.
Samolyot to‘xtabdi. Bir soatga bormasdan, soldatlar bir xalta buyumlar ko‘tarib kelishibdi.
Shunda haligi mayor:
— Bu nima qilganingiz axir biz o‘zimizni shaharga zapravkaga qo‘nib o‘tgan edik-ku! - degan ekan.
O‘zbek, qozoq, rus va gruzin to‘rt askar yigitlar poyezdda xizmatdan qaytayotgan ekanlar.
Gruzin yigit:
— Men vatanim uchun pul to‘la hamyonimni ayamayman, - deb, oynadan hamyonini tashlab yuboribdi.
Poyezd Rossiyaga kelgach, rus yigit boshini derazadan chiqarib:
— Vatanim uchun men eng qimmat suvenirimni ayamayman, - deb harbiy xizmatdan olib kelayotgan esdalik sovg‘asini tashlab yuboribdi.
Poyezd Toshkentga kirib kelgach, o‘zbek yigit:
— O‘zbekistonim uchun hamyon, suvenir nima degan gap!? Hattoki, yaqin qardosh do‘stimni ham ayamayman, - deb qozoqni oynadan tashlab yuborgan ekan.