Harbiylar haqida latifalar

Harbiy qismga kelgan yosh askar Sharipovning otasi vafot etgani haqida xabar kelibdi. Ofitserlar bu shumxabarni unga qanday yetkazish haqida o‘ylay boshlashibdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aytay desa, askar hali yosh. O‘zini biron nima qilib qo‘yishi mumkin. Oxiri komandir yaxshi usul taklif qilibdi. Ertalabki yig‘inda qism komandiri buyruq beribdi:
— Otasi borlar 1 qadam oldinga "Shagom marsh"!!! Sharipov sen qayoqqa???
Praporshik askarlarga yangi ishlab chiqilgan tank haqida so‘zlab beryapti:
— Qarshingizda fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari ila yaratilgan jangovar mashina turibdi. Ushbu tank bortiga kompyuter o‘rnatilgan bo‘lib...
— O‘rtoq praporshik, o‘sha kompyuter tezligi haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz, iltimos.
— Ovsarlar uchun alohida ta’kidlab o‘taman. Kompyuter tank harakatining tezligi bilan teng harakatlanadi!
Armiyada komandir askarlarga:
— Ho‘sh, hozircha mana bu yer, mana bu yer va mana bu yerdan chuqur kovlashni boshlayverasilar, men esa borib aniq qayerni kovlash kerakligini bilib kelaman.
Harbiy xizmatdagi askarga sevgan qizidan xat kelibdi.
Doʻstlari bilan ochib qarashsa, oppoq qogʻoz. Hech narsa yozilmagan.
— Nega bunday? - deyishsa,
Askar:
— Arazlashib qolgandik, - dermish.
Bir kuni soldat sahroda adashib, eshakni uchratib qolibdi.
Eshak undan:
— Sen kimsan deb so‘rasa, soldat yon atrofga nazar solib:
— Men general mayorman, - debdi.
Soldat eshakdan sen kimsan, - deb so‘rasa, eshak ham yon atrofga qarab:
— Men otman, - dermish
Bir askar buvisiga xat yozibdi:
"Mehribon buvijonim! Sizni koʻrgani borish uchun ruxsat soʻradim. Lekin berishmadi. Uyda biror arzirli sabab boʻlmasa, bizlarga uyga ruxsat bermas ekan.
Shu sabab, konvertga qoʻshib, posыlka joʻnatyapman. Posыlka ichida granata bor. Shu granatani simini tortsangiz, men uyga borib-kelardim".
— O‘rtoq mayor, botinkangizni rangi har xil ekan. Qarang, biri qora, biri qo‘ng‘ir. Uyga qaytib, almashtirib kelganingiz ma’qul.
— Bordim. Uydagi botinkalarimning ham rangi shunaqa, har xil ekan.
Voyenkomatga qo‘ng‘iroq bo‘layapti.
— Allo, assalomu alaykum. Sizlar bir insonni o‘z xohishiga ko‘ra armiyaga olib ketasizlarmi?
— Ha, albatta. Siz o‘zi kimsiz? Qayerdan telefon qilayapsiz?
— Men 737-mahbusman. Qamoqxonadan telefon qilayapman.
Bir yigit armiyaga boribdi, sevgan qizi unga xat yozibdi:
— Jonim mendan xafa bo‘lmang, meni unuting. Biza birga bo‘lolmasakanmiz, yana meni deb o‘zizni u-bu narsa qilib qo‘ymang. Sizda meni 1-ta rasmim boriydi, o‘shani yirtib tashlang, xayr...
1 haftadan keyin qizga konvert kelibdi, konvertni ochib qarasa, 1 ta xat bilan 50 tacha har hil qizlarni rasmi kelibdi, xatda shu so‘zlar yozilgandi:
— Uzr, jonim seni eslolmadim, shu rasmlarni orasida rasming bo‘lsa o‘zing yertib tashla
Praporщik ishdan qaytsa, uyda xotini nolib qolibdi:
— Jonimga tegdi hammasi! Kun bo‘yi bir martta ham o‘tirmadim...
Praporshik bu gapni eshitib xotinini 50 martta o‘tirib-turishga majbur qilibdi.