Haydovchilar haqida latifalar
— Iltimos, faqat shoshilmasdan haydasangiz. Kecha bir "o‘pka" haydovchi urib yuborgan edi, - deyishibdi.
Haydovchi esa tirjayib:
— Men bo‘lsa sizlarni tanimabman...- dermish.
— Faqat sekinroq haydang, iltimos! Kecha shu yerda meni mashina urib yuborgan edi, - desa, haydovchi bemorga o‘girilib:
— Iye, tanimabman sizni..., - dermish.
— O‘rtoq komandir, mashinani 250 km/s tezlikda haydaganimda, bu belgi umuman ko‘rinmas ekan, ishonavering!
— Bu eski aravang kimga-yam kerak?! - desa, do‘sti:
— O‘tgan safar mashinamni ichiga axlat tashlab ketishibdi. Shunga qulflab qo‘ymoqchiman-da..., - dermish.
— Iltimos, ehtiyotkorroq bo‘lib haydasangiz. Meni 4 ta bolam bor. Sog‘lig‘im o‘zimga kerak!
Haydovchi ayolga o‘girilib qarab:
— 4 ta bolam bor deyapsiz-u, sog‘lig‘ingiz va ehtiyotkorlik haqidagi cho‘pchakni qayerdan oldingiz?!
— Husan, chiqmay tur! Gaiga tushib qoldik!
— Bolam, Sirdaryodan chiqishimiz bilan meni uyg‘otib qo‘ygin, - debdi-yu, uyquga ketibdi. Haydovchi Buxoroga yetay deb qolganda cholning gapi esiga tushib, “Otaxon o‘sha yerda o‘yg‘otgin degandi” deb orqaga qaytib boribdi.
Sirdaryoga yetib kelib otaxonni uyg‘otsa, otaxon mashinadan tushib, harsangtoshni yonida rasmga tushibdi-yu, haydovchiga qarab:
— Bo‘ldi! Endi Buxoroga hayda, - degan ekan.
— Yaxshi qiz, haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Ha bor.
— Qani bir tekshirib ko‘raylik...
— Iltimos, olib qo‘ymang!
— Nega?
— Chunki guvohnomadagi rasmga juda chiroyli tushgandim-da.