Muxim-sanalar haqida latifalar

Yigit do‘stiga:
— Nima u? Uchib o‘tib ketgan?
Do‘sti:
— 2019 yil! Uchib o‘tib ketdi...

Йигит дўстига:
— Нима у? Учиб ўтиб кетган?
Дўсти:
— Ёз! Ёз учиб ўтиб кетди...
Bayram arafasida er xotiniga tinmay tirjaya boshladi:
— Dadasi, nima gap, namuncha menga qarab tirjayasiz?
— E, xotin! Kecha televizorda "Agar xotiningizga bayramga sovg‘a sotib ololmasangiz, tabassum qiling", deyishdi.
Xotin erini yoniga kelib debdi:
— Adasi, ertaga onamni tugʻilgan kunlari, nima sovgʻa qilamiz?
— Onang nechi yoshga toʻladilar? – soʻrabdi eri.
— 50ga toʻladilar. 50 ming beramizmi? – debdi quvonib.
Er:
— 50 ming yoshga toʻlmayaptilar shekilli!? – debdi jahl bilan.
— Ertaga Maftunani tug‘ilgan kuni. Sovg‘aga nima?
— ... ?
— Balki iPad sovg‘a qilarsizlar?
— Bas qil Maftuna, o‘zimiz bilamiz!
Bir bolakay tug‘ilgan kuniga masharaboz kelishini juda xohlarkan. Buvisi bu yili albatta masharaboz chaqirishga va’da beribdi. Tug‘ilgan kuni ham yetib kelibdi. Lekin masharaboz yo‘q emish. Buvisi nima qilishini bilmasdan tursa, eshik qo‘ng‘irog‘i chalinibdi. Ochib qarasa, ikkita daydi tentaklar turganmish.
— Uyingizda bizbop ish yo‘q-mi? Biroz pul ishlab olmoqchi edik, - deyishibdi. Ayol ularga bog‘dagi ishlarni qilishni buyuribdi.
Nabirasi esa masharabozni hanuzgacha kutib o‘tirarkan. Ayol bir payt qarasa, boyagi daydilarning biri goh daraxtga chiqib sakrar, goh u yoqdan, bu yoqqa yugurar, ba’zan har xil kulgili harakatlar qilarkan. Ayol masharaboz topilganidan xursand bo‘lib ketibdi. Sakrab yurgan kishini yonidagi sherigini sekin chaqirib:
— Kechirasiz. Anavi do‘stingiz bir soatga masharaboz bo‘lib turmaydimi? Yaxshi haq to‘layman!, - debdi.
Haligi odam do‘stiga qarab:
— Hoy, mo‘maygina pulga ikkinchi barmog‘ingni ham bahridan o‘tasanmi?, - dermish.
Boshi qotgan bir erkak do‘stiga:
— Bugun xotinimni tug‘ilgan kuni. Nima sovg‘a qilsam ekan? - debdi.
Do‘sti:
— Uyga mast holatda bormasang bo‘ldi. Sovg‘a - shu!
Erkak o‘ylanib turib:
— To‘g‘ri, xotinimni yubileyi har holda...!
— Do‘stim, muhimi sovg‘a emas e’tibor!
— Mayli. Unda seni tug‘ilgan kuningda faqat senga qarab yuraman.

Dugonalar:
— Eringni tug‘ilgan kuniga qanday sovg‘a qilding?
— O‘sha kuni erim bilan urishmadim.

Yigit qizdan so‘rabdi:
— Yoshingiz nechida?
Qiz:
— Qiz boladan yoshini so‘rab bo‘lmaydi!
Yigit:
— Ha mayli. Unda tug‘ilgan kuningiz qachon?
Qiz:
— 24 martda.
Yigit:
— Qaysi yili?
Qiz:
— Har yili!