Qariyalar haqida latifalar

Uchta kampir gaplashib o‘tirishibdi.
Birinchi kampir:
— Yoshim 60 ga chiqdi, bittayam tishim tushmagan, tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Ikkinchi kampir:
— Yoshim 65 ga chiqdi. Sochlarim huddi yoshligimdagiday qalin, qora. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Uchinchi kampir:
— Maqtanishga boshqa narsa topolmadilarmi? To‘g‘ri yoshim silarnikidan ancha katta. 70 daman, tishlarim allaqachon to‘kilib, sochlarim ham oqarib yotibdi. Lekin haliyam man qiz bolaman. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - dermish.
Bir odam qari otaxondan so‘rayotganmush:
— Qanday qilib shuncha uzoq umr ko‘rgansiz?
Otaxon:
— Men umuman hech kim bilan tortishmayman.
— Bo‘lishi mumkin emas!
Otaxon:
— Gapingiz mutlaqo to‘g‘ri!
Yigit bilan qiz uchrashuvga chiqibdi.
Yigit juda uyatchan ekan, qiz esa uni quchoqlab o‘pishini xohlab turibdi.
Sal turib qiz:
— Voy, ko‘zim og‘riyapti.
Yigit qizni ko‘zidan o‘pib:
— Endi og‘rimayaptimi, - debdi
— Yo‘q...Voy, bo‘ynim og‘riyapti...
Yigit bo‘ynidan o‘pib:
— Endi og‘rimayaptimi?
— Yo‘q.
Sal narida kuzatib turgan bir chol kelib yigitga:
— O‘g‘lim gemoroyni ham davolaysanmi?, - dermish
Dugonalar suhbatidan:
— Dugon, avtobusga chiqsam nuqul erkaklarning o‘ng qo‘liga qaraydigan bo‘lib qoldim. Bu yoshim o‘tganini belgisimi?
— Yo‘q ,agarda bo‘sh joy axtarib qolsang, shunda yoshing o‘tgani aniq bo‘ladi...
Onasi uyqu oldidan qiziga ertak o‘qib bermoqda:
— Qadim zamonda bir hunarmandning uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. To‘ng‘ich o‘g‘li juda dono, o‘rtancha o‘g‘li unchalik ham aqilli emas, kenja o‘g‘li esa umuman tentak bo‘lgan ekan.
Qizaloq:
— Oyijon, hunarmandning sog‘lig‘i borgan sari yomonlashib boravergan ekan-a?
Onasi:
— Nega unaqa deyapsan qizim?
Qizaloq:
— Ana, o‘zingiz o‘qidingiz-ku, farzandlari borgan sari yomonlashib boryapti ekan.
Chol yoshlikni eslaylik deb, kampirini sevishganlar bog‘iga olib boribdi. Gaplashib turishsa, bog‘ qorovuli xizmatchisi kelib:
— Jarima to‘laysiz! Ahloqsizlik uchun! - debdi.
Shunda chol:
— Uzr bolam, birinchi marta kechira qol, - debdi.
Haligi qorovul o‘ylanib turib:
— Mayli sizni kechiraman! Ammo, manavi kampirni avval ham ko‘p martta ogohlantirganman, - debdi.
Jurnalist chekka bir qishloqda yashovchi odamdan intervyu olmoqda:
— Sizning qishlog‘ingizda qanday mashhur, taniqli shaxslar dunyoga kelgan?
— Yo‘q, bizni qishloqda faqat chaqaloqlar dunyoga kelishadi-ku!?
Bir kampir qo‘ziqorindan zaharlanib vrachga boribdi. Vrach kampirga:
— Onaxon, har narsani yeyavermang-da! – desa, kampir:
— Bolam, har narsani uvoli bor! Uvol bo‘lmasin deb yeb qo‘yaman-da, - dermish.
Choli hammomda uzoq qolib ketganidan havotir olgan kampir baqirib:
— Hoy chol, nimalar qilyapsiz? – debdi.
Chol hammomda turib g‘alati ovozda javob beribdi:
— Tis-s-slarimni yuvyapman.
Kampir yana baqirib:
— Menikiniyam yuvib chiqing, - degan ekan.
Yosh qiz telefoniga qarab o‘tirsa, buvisi yoniga kelib:
— Shu telefoningni doim qo‘ldan qo‘ymaysan. Nimalar qilasan? – debdi.
Qiz javob beribdi:
— Qarang buvijon, mana bu onlayn do‘kon. Bu gruppalardan ko‘ylaklarni buyurtma qilsa bo‘ladi. Uygacha olib kelib berishadi. Men mana bularni buyurtma qildim...
Buvisi:
— Bolam, shuncha tungi ko‘ylaklarni nima qilasan? – desa, qiz:
— Buvijon, bu tungi ko‘ylaklar emas! O‘qishga kiyib boradigan ko‘ylaklar-ku axir!!! – dermish.