Talabalar haqida latifalar

Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
— Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan?
Talaba:
— 1000 so‘m ekonom qilish uchun.
Kishi:
— Undan ko‘ra taksini orqasidan yugur 4000 ekonom qilasan.
Imtihon savoliga javob topolmay o‘tirgan talaba yoniga o‘qituvchi kelib:
— Bu fandan biliming yomon ekani ko‘rinib turibdi. Kel, senga boshqa savol beraman. Mana shu xonada nechta chiroq bor? - debdi.
Talaba savolga javob topa olmay o‘tirganida, tepadagi chiroqlarni sanab chiqqan ekan. U darrov, - sakkizta, - debdi.
O‘qituvchi esa:
— Topolmading. Meni portfelimdagi bilan to‘qqizta. Imtihondan o‘tolmading, - debdi.
Talaba ikkinchi martta imtihonga kirib, yana shu holatga tushibdi. Endi u professorni savoliga, - to‘qqizta chiroq bor, - deb javob beribdi.
Professor:
— Topa olmading. Bugun meni portfelim bo‘sh, - dyesa,
Talaba:
— Lekin meni sumkamda bor!, - degan ekan talaba.
Ilmu tolib piru komildan so‘rabdur:
— Aytingchi ustoz, nechun sessiya yiliga ikki marotaba bo‘lur?
Piru komil javob beribdir:
— Agar sessiya yilda uch marotaba bo‘lsa, u talabaga og‘irlik qiladir. Agar sessiya yilda bir marotaba bo‘lsa, bu domullaga og‘irlik qilgan bo‘lardi.
Boy ota o‘g‘lini institutdagi imtihonlarni topshirib olishi uchun o‘qituvchilar bilan "kelishib" qo‘yibdi.
— O‘g‘limni bilimi sal pastroq. Sizdan iltimos, osonroq savol bersangiz...
O‘qituvchi rozi bo‘libdi. Imtihon boshlanibdi. Navbat boyning o‘g‘liga kelibdi.
— Sizga oson savol beraman. Abdulla Oripovning "O‘zbekiston" she’rini kim yozgan? - debdi o‘qituvchi.
Haligi yigit o‘ylanib turib:
— Shukur Burxonov, – dermish.
Professor:
— 1565 yili nima bo‘lgan?
Talaba:
— Shekspir tug‘ilgan.
Professor:
- 1566 yilda-chi?
Talaba:
— Shekspir bir yoshga to‘lgan.
Ikki abituriyent institutga hujjatlarini topshirib bo‘lib, uyga qaytishda kechki ovqatga tovuq olish uchun do‘konga kiribdilar. Qarashsa, tovuq va tuxum sotayotgan sotuvchi rus ayol ekan.
— Sen rus tilini bilasanmi? – so‘rabdi do‘sti.
— Yo‘q, - debdi sherigi.
— Mayli, hozir shoshmay tur! – deb, sotuvchini yoniga boribdi-da, tuxumni ko‘rsatib “Mama gde?” – debdi do‘sti.
Bo‘yi yetgan yigit adasining kalishini ichiga sabzi solib, “dadam meni tushunib oladigan” degan hayol bilan institutga o‘qishga ketibdi. Kechqurun qaytib kelsa, o‘zini kalishini ichida to‘lov-kontrakt shartnomasi turgan emish.
Bitta domla aytgan ekan:
— O‘qib, talabalikni oltin davrini topdingmi?
— Yo‘q, - javob beribdi talaba.
— Nonga puling qolmagan payt - o‘sha oltin davr bo‘ladi. Qolgani esdan chiqib ketadi, - degan ekan o‘qituvchi.
Bitta abituriyent tayyorgarlik ko‘rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o‘tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o‘zini variantini ishlab bo‘lib, o‘tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so‘rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog‘ini ko‘rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o‘ttiz million so‘rasa kerak deb ichida o‘ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so‘m ber!, - dermish.
Talaba burga ustida tajriba oʻtkazmoqda. Uni stol ustiga yotqizib qoʻyib, buyuribdi.
— Sakra!
Burga sakrabdi. Talaba uni tagʻin tutib, bir oyogʻini uzib olibdi. Soʻng stolda qoʻydi-da, buyuribdi:
— Sakra!
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutdida, qolgan oyogʻini ham uzib olibdi.
— Sakra!
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshlabdi: “Tajribalar shuni koʻrsatdiki, burganing eshitish organlari panjasida boʻlar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u qip qizil karga aylanadi-qoladi.