Boy ota o‘g‘lini institutdagi imtihonlarni topshirib olishi uchun o‘qituvchilar bilan "kelishib" qo‘yibdi.
— O‘g‘limni bilimi sal pastroq. Sizdan iltimos, osonroq savol bersangiz...
O‘qituvchi rozi bo‘libdi. Imtihon boshlanibdi. Navbat boyning o‘g‘liga kelibdi.
— Sizga oson savol beraman. Abdulla Oripovning "O‘zbekiston" she’rini kim yozgan? - debdi o‘qituvchi.
Haligi yigit o‘ylanib turib:
— Shukur Burxonov, – dermish.

88

Boshqa latifalar

5 yoshli bola podshoh, sultonlar haqida kitob o‘qib turib onasiga:
— Men ham katta bo‘lsam, 5ta xotinim bo‘ladi. Bittasi kirimni yuvadi, bittasi uy tozalaydi, yana biri ovqat qiladi, - desa
Onasi:
— San qaysi biri bilan uxlaysan? - debdi
— Man hech qaysi biri bilan uxlamayman, man oyijonim bilan uxlayman, - debdi.
Onasini ko‘zlari yoshlanib: "O‘zimni mehribonim, g‘amxo‘rim, - debdi,
— Unda 5ta xotining kim bilan uxlaydi? - desa
— Adam bilan uxlaydi hammasi, - debdi
Otasini ko‘zlari yoshlanib:
— O‘zimni mehribonim, - dermish
2432
Birinchi sinf o‘quvchisi ilk marta maktabga borib qaytgach, kayfiyati yomon, sumkasini otib yuboribdi.
Onasi:
— Nima bo‘ldi? - desa.
Bola:
— Maktabni obedgacha degandiz, 11 yil ekanku, - dermish
1542
O‘g‘il kechki payt mast kelib, uyga kirsa, stolni ustida qovun turgan ekan. "Bir oz yeb yotay, bo‘lmasam uydagilar ichib kech kelganimni bilib qolishadi", - deb qovunni yeb uxlabdi.
Ertalab oyisi:
— Ey, uyati yo‘q, tur! Kechqurun uyga ichib kebsan-a?
— Yo‘q, oyi.. Men ichganim yo‘q, nimalar deyapsiz?
— Ichganim yo‘q? Tunda oshqovoqni yarmini yeb qo‘yibsanku, - dermish.
1241
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:
— Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev:
— Men olmadim ustoz, - debdi.
O‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Soliyev Afrikani menga topib ber!
Soliyev:
— Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.
Shunda o‘qituvchi:
— Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach:
— O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi.
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib:
— O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bersa, qo‘shnisi:
— O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish.
643