Televizor haqida latifalar

Choli-kampir televizor ko‘rishyapti. Kampir boshqa kanalga olayotsa, futbol chiqib qolibdi.
— To‘xta! Shuni ko‘ramiz! - debdi chol. Kampiri:
— E, bu o‘tib ketgan, eski o‘yin-ku! - desa, chol ko‘zoynagini taqib, televizorga biroz tikilib turib:
— Eski o‘yinga shuncha muxlis kiribdimi-a!? - dermish.
— Doktor, menga ko‘ngil aynitadigan dori yozib bersangiz...!
— Televizorni yoqing, aynib ketadi.
Million savol-javob o‘yinida yuz million uchun bahs ketmoqda.
Boshlovchi:
— Hurmatli Eshmat, sizga birinchi savol: Bemorga yozilgan shifokor retseptidan Sitromon dorisi degan so‘zni toping.
a).∕ł∕łł∕ł.∕∕łł∕ł
b).∕ł∕ł.∕łł.∕ł∕ł.∕łł
s)łłრ.∕ł∕łฑ.∕łłน.∕ł∕ł
— O‘rtoq komandir, televizor ko‘rsak bo‘ladimi?
— Ko‘ringlar. Faqat yoqmanglar.
Kino shinavandalarining suhbatidan:
— O‘zbek kinolari haqida bilmaganlar nima deydi?
— O‘zbek kinolarini bilmaganlar, o‘zbeklarda qaynonalari yovuz, bemehr va “zahar” bo‘lar ekan. Kelinlari oilada xizmatkor ekan, kuyovlar onasini “chizgan chizig‘idan chiqmaydigan”, qaynotalarning esa oilada umuman o‘rni yo‘q ekan deydi.
— Bilganlar-chi, bilganlar?
— Bilganlar «Ol boshqa kanalga...» deydi.
Televizordagi reklamadan:
“Har tong uyg‘onganingizda o‘rningizga qahva olib kelishsa yaxshi. Lekin o‘rindig‘ingiz bilan siz istagan kafega eltib qo‘yishsa, undan-da a’lo bo‘ladi!”.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bu savol bugun O‘zbekiston aholisining 99%ni qiynayotgan ekan.
Bundan oldin ham necha necha dono kishilar bu savolning javobini topisha olmabdi.
O‘ylab ko‘ring, balki bu savolning javobini siz toparsiz.
Savol esa bunday:
— Kango, qani kango???
Bir odam yo‘lakda tamaki chekib tursa, qo‘shnisini uyidan dodlagan ovoz eshitilibdi.
Zur o‘tmay, qo‘lida singan 3D ko‘zoynagi bilan tashqariga yugurib chiqibdi.
Boyagi odam:
— Ha qo‘shni, tinchlikmi? - desa, qo‘shnisi:
— 3D televizor sotib olgandim. Bir payt qarasam, dahshatli dinozavr ustimga bostirib kelyapti..., - dermish.
Yarim tunda bir ayolning telefoni jiringlabdi:
— Allo, kim bu?
Go‘shakdan mast erkakning ovozi kelibdi:
— Hozir men telefonda gapiryapmanmi?
Ayol asabiylashib:
— Yo‘q, televizorda gapiryapsan!
— Voy, jonli efirga kiyimsiz chiqdimmi?!
— Allo, bu Texxizmatmi?
— Ha!
— Ayting-chi, Noutbukimni televizorga qanday ulasam bo‘ladi? Kino ko‘rmoqchi edim...
— Sim bilan ulang!
— Ulab bo‘lmayapti-ku!?
— Televizoringizni rusumi qanday?
— Rekord 312
— Unda ekranni o‘rtasiga skotch bilan yopishtirib qo‘ying!