Uchrashuv haqida latifalar

Kechasi bir qiz arvohlardan qo‘rqib qabriston oldidan o‘tolmay turgan ekan, bir yigit kelib qolibdi.
Qiz:
— Jon aka, meni shu qabristondan o‘tqazib qo‘ying, - debdi.
Yigit: "Ho‘b bo‘ladi", deb qizni zeriktirmay latifalar aytib, kuldirib o‘tqazib qo‘yibdi.
Qiz xursand bo‘lib "siz ajoyib inson ekansiz", desa.
Yigit:
— Eh, siz mani tirikligimda ko‘rganingizda edi, - dermish
Qiz bolani birinchi uchrashuvdayoq hayron qoldirmoqchi bo‘lsangiz, uchrashuvga kelmang. Shunda u hayratda qoladi.
Qiz bilan yigit parkda ketayotsa, qiz to‘satdan hushidan ketib qolibdi.
Yigit:
— Suv! Suv olib kelinglar! Tez yordam chaqiringlar, - desa
Qiz asta ko‘zini ochib:
— Qanaqa suv? Qanaqa tez yordam? Sun’iy nafas berish kerak, - dermish.
Yigit qizdan so‘radi:
— Hozir qo‘lingni ushlasam, nima qilasan?
— Bobomni chaqiraman.
— Kutilmaganda yuzingdan bo‘sa olsam-chi?
— Bobomni chaqiraman.
— Nega endi «Bobomni chaqiraman», «Bobomni chaqiraman» deyaverasan?
— Chunki bobomning ikkala qulog‘iyam kar.
— Odnoklassnikiga kirib, o‘zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.
Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o‘tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.
Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O‘zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?
Qiz bilan yigit xiyobonda aylanib yurishgan ekan. Daraxtzorlar orasiga kirganda yigit qizni qo‘lidan ushlab:
— Jonim, xohlaysanmi senga yoshligimda kesib tashlashgan joyni ko‘rsataman?
Qiz qizarib yerga qarab:
— Qo‘ying uyalaman, to‘ydan keyin ko‘rsatarsiz.
— Bunga to‘yni nima aloqasi bor, hozir ko‘raver. Ko‘ryapsanmi xo‘v, anavi daraxtlar orasida ko‘rinayotgan binoni, o‘sha bino klinika. Yoshligimda o‘sha joyda ko‘richagimni kesib tashlashgan...
Er xotin kafeda o‘tirsa. Bir qiz kelib erini bir o‘pib, qaytib ketibdi.
Xotinini jahli chiqib:
— Kim u? Nimaga sizni o‘padi?, - desa
— O‘chir ovozingni! Hali unga ham tushuntirishim kerak seni kimligingni
Tunda sevishganlar uchrashib tursa, qizni otasini ovozi kelibdi. Yigit nima qilishini bilmay, yonidagi daraxtga chiqib olibdi.
Otasi yaqin kelib:
— Yarim tunda nima qilyapsan? - desa, qizi:
— Hech nima. Oymomoni tomosha qilyapman, - debdi.
Otasi:
— O‘sha oymomoga ayt, darvoza yoniga kelsin. Velosipedi qolib ketibdi. Olib ketadi, - degan ekan.
Ikki sevishgan hiyobondagi o‘rindiqda osmonga qarab o‘tirishibdi. Birdan yigit debdi:
— Voy qara! Yulduz uchdi! Niyat qil!
Qiz:
— Sizga turmushga chiqsam deyman...!
Yigit:
— Iye!!! Qaytib orqasiga ketdi-ku?!
Bir yigit tramvay ostanovkasida turgan qizga tegajonlik qilib so‘radi:
— Oppoqqiz, bu yerdan nechanchi nomerli tramvaylar o‘tadi?
— Birinchi va to‘rtinchi tramvaylar. Yigit yaqinroq kelib:
— Yana qaysi nomerlar o‘tadi, jonidan, - degan edi
Qiz:
— Boshqa nomerlar ham o‘tadi-yu, ammo sizning nomeringiz o‘tmaydi, - deb javob berdi qiz.