Bir otaxon vrachga boribdi. Vrach otaxonni tekshirib turib, badanida “galiya” deb yozilgan taturovkani ko‘rib qolibdi.
— Iye otaxon, sevgan qizingiz bo‘lganmidi? – deb so‘rabdi vrach.
Otaxon:
— Yo‘g‘-ye bolam! Portugaliyaga urushga borganimda “Portugaliya” deb yozdirib olgandim. Nechi yil o‘tdi. Yozuvni yarmi o‘chib, “galiya”si qoldi, - dermish.
Bir kishi soch-soqollarini o‘stirib yurar ekan. Bir kuni sartaroshga kirib, soch-soqollarini oldirib, kal bo‘lib uyiga kirib kelsa, xotini yugurib kelib, quchoqlab olibdi.
— Ha xotin, tinchlikmi? – desa, - xotini:
— O‘ling, sizmidingiz, - dermish.
— Tabriklayman do‘stim! Uylanibsan. To‘ydan keyin hayotingda nima o‘zgarishlar ro‘y berdi?
— Avval bitta odamga ovqat qilardim.
— Endi-chi?
— Endi, ikki kishilik ovqat qilyapman.
Bir kuni afandi do‘sti bilan gaplashib qolibdi:
— Bilasanmi do‘stim, eng katta baliq qaysi?
— Kit, - debdi afandi.
— O‘sha kitdan to‘rttasini ovlaganman, - deb maqtanibdi do‘sti.
Biroz turib yana:
— Eng katta ayiq qaysi? – so‘rabdi do‘sti.
— Oq ayiq, - javob beribdi afandi.
— Oq ayiqdanam to‘rttasini otganman, - debdi do‘sti.
Jahli chiqqan afandi “Shoshmay tur” deb:
— O‘lik dengizni bilasanmi do‘stim? O‘sha dengizni men o‘ldirganman, - degan ekan.
Boshida sochi juda-yam kam bir odam bor ekan.
Bir kuni2 dona sochi qolibdi.
Sochlarini ikki tarafga qilib, ishga ketibdi.
Ertasi kuni uyg‘onsa,boshida 1 tola soch qolganmush.
Ko‘zguga qarab, jahl bilan o‘ziga-o‘zi:
— Endi sochimni to‘zg‘itib, alvastiga o‘xshab ketarkanman-da, - degan ekan.
— Bo‘ldi, xotinim bilan ajrashaman!
— Nega? Nima bo‘ldi?
— Tuni bilan klubma-klub izg‘ib yuradigan xotinni menga keragi yo‘q!
— Kechasi klublarda nima qiladi xotining?
— Meni qidiradi-da...!
— Yaxshi qiz, nega ko‘zlaringiz bunchalik “sovuq”?
— Chunki zreniyam -5!!!
Bir kishining kasbi duradgor ekan. Xotini uyda yo‘qligida bolalariga ertak aytib bermoqchi bo‘libdi.
— O‘tgan zamonda bir mamlakat shahzodasi boshqa podshohlikning malikasini sevib qolibdi.
Malikaga xat yozib, kabutardan jo‘natibdi. Uch kecha-yu, uch kunduz uxlamasdan, malikadan xat kutibdi. Vanihoyat, kabutar uchib kelibdi.
— Keyin nima bo‘pti ada? – so‘rabdi qizi.
— Qarasa, oyog‘iga xat bog‘langan. Malika javob yozibdi, deb o‘ylab, shoshib-pishib xatni ochib qarasa...
— Nima yozilgan ekan xatda? – yana qiziqib so‘rabdi qizi.
— U yerda “Qilich va qalqonlarga buyurtma olamiz. Arzon narxlarda”, - degan reklama turganmish.
Ikkita og‘ayni gaplashmoqda:
— Mana ko‘rasan, 5 yildan keyin biz amerikaliklardek yashaymiz! Hayotimiz ularnikidan ham yaxshi bo‘ladi...!
Og‘aynisi hayron bo‘lib:
— Ular-chi? Ular 5 yildan keyin nima qilishadi unda?
Bir yilda tug‘ilganlar “Tengdosh” deyilsa, bir kunda tug‘ilganlar “Kundosh” deb atalar ekan.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.