Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er xotiniga baqirdi:
— Tamom, sen bilan ajrashaman! Menga xiyonat qilding!
— Nega menga baqirasiz? Sizga xiyonat qilmadim! Kecha e’tiboringiz uchun dugonam Adolatnikida tunaganman, tuzukmi!?
— Yolg‘on gapirma, ojiza! Adolatnikida kecha men tunadim, seni u yerda ko‘rganim yo‘q!
Bir yigitga ko‘chada mayda pul zarur bo‘lib qolibdi.
Cho‘ntagiga qo‘l solsa, 50 ming so‘mlik chiqibdi. Atrofda hech kim yo‘q, faqat yo‘l chetida GAI xodimi turgan ekan.
— Kechirasiz, shuni maydalab bera olmaysizmi?! - debdi yigit pulni uzatib.
GAI xodimi pulga qarab turib:
— Uzr, o‘zi hozirgina postga turdim. Hali pul yo‘q, - dermish.
Xotini kasal er yonida o‘tirib, hamdardlik bildiryapti:
— Xotin, sen kasal bo‘lguncha men bo‘lmaymanmi? Azroil meni jonimni olsa ham mayli edi, - deb tursa, shu payt azroil kirib kelib qolibdi. Afandi shosha-pisha:
— Assalomu alaykum! Azroil hazratlari, kim kasal, kim sog‘ o‘zingiz ko‘rib turibsiz, - dermish.
Bir ayol nuqul eri ishdan kelsa, erining ust-boshidan soch tolasi topib olib rosa janjal qilaverarkan.
Kunlardan bir kun erining kiyimidan soch topa olmabdi. Shunda eriga:
— Ha, qurib ketsin! Kuningiz kal ayollarga qoldimi!? - dermish.
Tog‘da cho‘pon qo‘ylarini haydab ketayotsa, qo‘l telefoni jiringlab qolibdi.
Telefon ovozini eshitgan qo‘ylar taqqa to‘xtab, cho‘pon tomonga qarashibdi. Cho‘pon esa, kim bilandir gaplashib bo‘lgach, telefonni cho‘ntagiga solib, qo‘ylariga:
— Xavotirlanmanglar, meni so‘rashibdi! - degan ekan.
Futbol jamoasi murabbiysi o‘z lavozimidan ozod etilar ekan, o‘rniga yangi saylangan murabbiyning qo‘liga 3 dona raqamlangan konvertda xat tutqazibdi va debdi:
— Bu konvertlarni hozir ochmagin! Og‘ir damlaring kelganda birin-ketin ochaverasan...!
Oradan ozgina vaqt o‘tib, komanda yana mag‘lubiyatga uchray boshlabdi. Shunda murabbiy 1-raqamdagi konvertni ochibdi. U yerda: "Hamma aybni menga ag‘daraver!" deb yozilgan ekan. Murabbiy shunday qilibdi.
Oradan yana vaqt o‘tibdi. Mavsum tugab, ketma-ket mag‘lubiyatlar komanda murabbiysini og‘ir ahvolga solib qo‘yibdi. 2-raqamli konvertni ochganida u yerda "Katta va’dalarni ber!" degan yozuv o‘qibdi. Yana ma’lum vaqt murabbiyni tinch qo‘yishibdi.
Uchinchi yil mag‘lubiyat! Hech qanday g‘alaba yo‘q! Muhlislarning noroziliklari! So‘nggi konvertni ochgan murabbiyni ko‘zi shu yozuvni o‘qibdi: "Xatlaringni yozaver!!!"