Bojalar suhbati:
— Boja, sizga bitta yaxshi, bitta yomon xabarim bor. Qaysi biridan boshlay?
— Yaxshisidan.
— Meni tabriklang! Qaynonamiz o‘n kun biznikida turib, vanihoyat bugun ketyapti...
— Zo‘r-ku! Yomoni-chi?
— Endi o‘n kun sizlarnikida turib, keyin uyiga qaytmoqchi.
Xodim rahbarning xonasidan chiqib kelayotsa, hamkasbi yoniga kelib so‘rabdi:
— Xo‘sh, tinchlikmi? Boshliq nima dedi?
— Ikkita yangiligim bor. Bitttasi yaxshi, ikkinchisi yomon...
— Yomonidan boshlayqol!
— Meni ishdan bo‘shatishdi.
— Yaxshisi-chi?
— Sen ham bo‘shatilding!
Bir kishi hayvonot bog‘iga ishga kirish uchun kelibdi.
Hayvonot bog‘i rahbari haligi kishining mehnat daftarchasini ko‘rib chiqib so‘rabdi:
— Nega bunchalik tez-tez ish joyingizni almashtirgansiz?
— Men juda-yam sekin harakat qilaman, sekin ishlayman, hech narsaga ulgurmayman. Shuning uchun ishdan bo‘shatib yuborishadi, - debdi.
Rahbar:
— Unday bo‘lsa, sizni toshbaqalarga qarash uchun ishga olamiz, - debdi.
Ertalab hayvonot bog‘i xodimlari ishga kelishsa, toshbaqaning qafasi ochiq, ichida hech narsa yo‘q emish.
Bundan xabar topgan rahbar haligi kishini yoniga chaqirib:
— Bu nimasi? Toshbaqalar qayoqqa ketdi?! – desa, u kishi:
— Men qafasni ochishimni bilaman, toshbaqalar shunaqa tez qochib qolishdi-ki, eshikni yopishga ulgurmadim hatto!
Bolgʻa bilan bolta bardan qochib chiqayotishsa, oldilaridan arra chiqib qolibdi.
— Nimadan qochyapsizlar? – debdi arra.
— Ichkarida svarka mast boʻlib, toʻpalon qilyapti, - dermush bolgʻa bilan bolta.
Lotin alifbosida oʻqishni bilmaydigan bir yigit doʻkonga kelib soʻrabdi:
— Anavi Sosa sola qancha turadi?
Sotuvchi:
— U Sosa sola emas, Koka kola, - deb jahl bilan gapirsa, yigit:
— Uzr, bilmabman. Yonida turgan Gʻanta qancha? – dermish.
Ikkita qozoq Rossiyada taksiga o‘tirib bir-biriga debdi:
— Taksistning rojase strashniy eken.
Shu payt haydovchi o‘girilib:
— Вам что, моё лицо не нравится? – debdi.
Qozoqlar hayron bo‘lib:
— Вы что казахсий язык знаете? –dermish.
Bir kuni afandi kabobxonani yonidan o‘ta turib, kabobdan chiqayotgan tutun hidini hidlabdi. Ziqna kabobpaz “Seni bir boplay!” deb afandini to‘xtatib, unga do‘q uribdi:
— Kabobdan chiqayotgan tutunni hidlaganing uchun pul to‘la! – desa, uddaburon afandi cho‘ntagidan tangalarini chiqaribdi-da, “jaranglatib-jaranglatib” yana cho‘ntagiga solib yo‘lida ketavergan ekan.