Jinnilar jinnixona devoridan qochmoqchi bo‘lib rossa devordan sakrashni mashq qilishibdi. Qochish uchun bir kunni reja qilishibdi. O‘sha kun kelganda, tundan tongacha yoqqan yomg‘ir devorni ag‘darib yuboribdi.
Tongda bir jinni tashqariga chiqibdi va hafa bo‘lib qaytib kirib sheriklariga:
— Rejamiz barbod bo‘ldi. Qocha olmaymiz, devor ag‘darilib ketibdi.
Xotin eriga:
— Keling, ertaga ikkimiz "mehmon-mehmon" o‘ynaymiz!
— Ho‘sh, mehmon kim bo‘ladi?
— Albatta, men. Siz mezbon sifatida uylarni yig‘ishtirib, ovqat pishirib turasiz.
Dunyoda 6ta jinni bor:
1 - jinni futbolchi - o‘zi tepib, o‘zi quvlaydi.
2 - jinni tikuvchi - o‘zi qirqib, o‘zi yamaydi.
3 - jinni o‘qituvchi - o‘zi bilganini, o‘quvchilardan so‘raydi.
4 - jinni sartarosh - hammani sochini oladiyu, o‘zini sochini boshqaga oldiradi.
5 - jinni tramvaychi - hammani uyga elitib, o‘zi uyga piyoda ketadi.
6 - jinni shu temani o‘kiydi-yu, kulib qo‘yadi.
Operatsiyadan chiqqan otaxonning oldiga ko‘rgani do‘stlari kirishibdi. Uch daqiqadan so‘ng bemor otaxon jon xolatda qimirlab, qog‘ozga bir nimani yozib jon beribdi.
Do‘stlari:
— O‘limidan oldin ko‘rganimiz yaxshi bo‘ldi. Nima yozdi ekan deb yozuvni o‘qishsa:
— Kislorod shlangidan oyoklaringni ol padarlanat deb yozilgan ekan.
Bir kuni donolarni donosi shogirdlariga:
— Mavlonolar, ichimizda eng donosi kim erur - deb.
Shunda shogirdlari:
— Donolarning donosi, o‘zingizda ustoz! - deyishibdi.
Shunda ustoz:
— Bale, bale, haq gapni aytingiz. Bu qadar bilimdon shogird bo‘lasiz deb hech o‘ylamagon erdim, - dermish.
Bir kishi taksiga o‘tiribdi. Keyin yo‘lda ketayotib, shoferdan so‘rabdi. Aka, mening ham rulim bor, shuni haydab ketsam maylimi, - debdi.
Shofer esa:
— Menga nima, haydasang, haydaver - debdi.
Shu ikki-ovlon haydab ketayotishsa, yonligisidan bir Mersedes o‘tib qolibdi.
Mersedesning haydovchisi bu jinnilarga hayron bo‘lib qarab tursa, haligi yo‘lovchi rulni birdan o‘ngga burib yuboribdi. Tentirab qolgan Mersedes haydovchisi ham rulini o‘nga burib borib, bitta stolbani so‘qibdi.
Haligi yo‘lovchi, ho‘rsinib:
— Menda ham kecha huddi shunday bo‘lgandi, - dermish.