Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Boy odam bilan o‘g‘ri odam do‘st ekan. O‘g‘ri boydan so‘rabdi:
— Seni seyfingni kodi nechi?
Boy:
— Seyfimni kodini nima qilasan?
O‘g‘ri:
— Agar esingdan chiqib qolsa, senga aytaman.
Boy:
— Kodini bir daftarga yozib qo‘yganman.
O‘g‘ri:
— Daftaring qayerda?
Boy:
— Seyfimni ichida.
Qora tanli bilan oq tanli suhbatlashmoqda. Qora tanli gap boshlabdi:
— Men bir narsani hecham tushunmayman. Tug‘ilganimda tanam qora edi. Qora bo‘lib voyaga yetdim. Oftobda toblansam ham rangim o‘zgarmaydi, isib ketsam ham, sovuqotsam ham qoraman. Betob bo‘lganimda ham o‘sha-o‘sha... bo‘laman.
Siz oq tanlilar tug‘ilganingizda rangingiz pushti edi, oftobda toblansangiz jigarrang, isib ketsangiz qizarib, sovuqotsangiz ko‘kimtir tusga kirasizlar. Mazangiz qochsa, tanangiz yashil bo‘ladi, o‘lganingizdan keyin kulrang bo‘lib qolasizlar...
Shunga qaramay, sizlar bezrayib bizni "rang-barang" deysizlar-a???
Bir odam taksi to‘xtatib, orqa o‘rindiqqa o‘rnashib o‘tiribdi. Manzilga yaqinlashganda, orqadan taksichini yelkasiga qo‘lini qo‘ygan ekan, taksichi dod solib baqirib, mashinani daraxtga borib uribdi.
O‘ziga kela olmagan haydovchi boshi yorilgan yo‘lovchiga qarab:
— Kechirasiz og‘ayni. Taksida uchinchi kun ishlayapman. Oldin 15 yil morgda o‘lik tashiganman..., - dermish.
Erkak do‘stiga dedi:
— Kecha kechqurun kelayotsam, yo‘l chetida qurbaqa yotibdi. Rahmim kelib uyga olib keldim. Uxlashga yotayotib uni yonimga yotqizdim. Ertalab uyg‘onsam qurbaqa malikaga aylanib qolibdi. Ishonasanmi do‘stim?
— Ha ishonaman.
— Negadir xotinim ishonmayapti.
— Menda-yam shunaqa bo‘lgandi-da...
Bir kuni xotini eriga:
— Dadajonisi, meni hozir ham avvalgidek yaxshi ko‘rasizmi?
— Yo‘q, unchalik emas.
— Voy, nima uchun?
— Keyingi paytda ko‘zim yaxshi ko‘rmayapti.