Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni o‘zbek bilan rus suhbatlashib qolishibdi:
— Ayt-chi, 10ta 100 gramm qancha buladi? - so‘rabdi o‘zbek.
— 1 litr bo‘ladi, - debdi rus.
— Ana ko‘rdingmi!? Hammada 1 kilogramm bo‘ladi. Faqatgina sizlarda 1 litr bo‘ladi, - dermish o‘zbek.
22
— O‘ylab qarasam, umrimning yarmida o‘tirib chiqibman.
— Qamoqdami?
— Yo‘q. Telefonni titkilab.
19
Qizni uyiga sovchilar kelib, yigitni maqtay boshlashibdi:
— O‘g‘limiz ichmaydi, chekmaydi, qizlar bilan-ku umuman gaplashmaydi...
Qizning onasi:
— Sog‘lig‘i joyidami ishqilib???
24
Qizlar yotoqxonasiga kelgan yigitdan qorovul so‘rabdi:
— Siz kimni oldiga?
Yigit javob beribdi:
— Kimni tavsiya qilgan bo‘lardingiz???
21
O‘rmonda bir maymun banan po‘chog‘ini suvda yuvib o‘tirsa, ayiq kelib debdi:
— Nima qilyapsan?
Maymun:
— Ming so‘m bersang aytaman, - debdi.
Qiziqib ketgan ayiq maymunga ming so‘m berib:
— Endi aytaqol, banan po‘chog‘ini nima qilyapsan? - desa, maymun:
— Yuvyapman, - debdi.
Shunda ayiq kulib:
— Aqldan ozdingmi? - debdi. Maymun bo‘lsa unga javoban:
— Aqldan ozganmanmi, yo‘qmi, lekin kuniga o‘n ming pulim bor, - dermish...
19
Bir odamni it tishlab oldi. U doktorga bordi.
— Sizni quturgan it tishlabdi, - dedi doktor.
Shunda haligi odam qog‘ozga shoshib bir nimalarni yoza boshladi.
— Nima, vasiyatnoma yozyapsizmi? - so‘radi doktor. Havotirlanmang, tuzalib ketasiz.
— Men tuzalgunimcha tishlashim kerak bo‘lgan odamlarning ro‘yxatini tuzyapman.
20
Oltin baliqcha dengiz hukmdoriga shikoyat qilib boribdi:
— Meni istaklarni bajarish vazifam buyicha litsenziyani qaytarib oling.
— Nega?
— O‘zbekistonlik futbol muxlislari mamlakatimizni jahon chempionatiga chiqarib ber deya tilak bildirishib, meni qiynab yuborishdi. Men ularni tilaklarini bajara olmayman.
— Mayli, unda Babayan bilan Qosimovning murabbiyylik litsenziyasini ham birga qo‘shib olib kel.
24
Jinnixonada jinni qora qog‘ozga ikkita qizil nuqta qo‘yib, doktorga ko‘rsatibdi.
Doktor:
— Nima bu? - desa, jinni:
— Ko‘rmayapsizmi, ikkita negr sigaret qorong'uda chekib o‘tiribdi, - debdi.
22
Avtobusda ketayotgan yosh yigitcha o‘rindiqda bo‘yniga tilladan yasalgan samolyot zanjirini ilib olgan ayolga termulib ketayotsa, ayol unga qarab:
— Ha, yigitcha, samolyot yoqib qoldimi? - desa,
Yigit:
— Yo‘q, aeroport yoqdi, - deb javob beribdi.
20
Ko‘chada uchta odam ketayotgan ekan. Biri ko‘r, ikkinchisi cho‘loq, uchinchisi kal ekan. Yonidan katta tezlikda mashina o‘tib ketsa ko‘r debdi:
— Mashinani raqamini yozib oldim!
Cho‘loq debdi:
— Shu mashinaga yetib olaymi?!
Kal bo‘lsa jahl bilan:
— Chiroyli soch turmagimni buzib yubordi, - degan ekan.
24