Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!
Kunlardan birida hokim yo‘lda ketayotgan ekan, ko‘chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko‘rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to‘xtat, bir bopli - debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o‘qishga olib ketvosizmi? - deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o‘qishga olib ketvoman. O‘qisa hokim bo‘ladi, o‘qimasa shofyor - debdi
Sher o‘rmondagi hamma hayvonlarni yig‘ib, latifa ayttiribdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o‘shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo‘lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo‘lgach, bo‘ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish.
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.