Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ishdan kelgan erini ostonada xotini kutib olib, debdi:
— Korxonangiz yopilayotgan emish... Eshitdim!
Eri:
— Kim aytdi senga buni? Qayoqdan topasan shunaqa gaplarni?!
Xotini:
— Mahalladagi ayollar gapirishdi...
Eri:
— O‘sha g‘iybatchilarni gapiga ishondingmi? Gapiraveradi-da!!!
Ertasi kuni ishdan kayfiyati yomon kirib kelgan eri xotinini chaqirib dermish:
— Borib mahalladagi ayollardan bilib kel-chi, meni endi qayoqqa ishga o‘tkazishar ekan?!
Bir amerikalik va afandi do‘sti bilan samolyotga chiqib, uchishayotganida amerikalik Iphone 7 ni derazadan otib yuboribdi. Afandi:
— Nega tashlab yubording? - desa, amerikalik:
— Bizlarda bunaqa telefonlar mingta, - debdi. Shu payt afandi yonidagi sherigini derazadan tashlab yuboribdi.
— Bu nima qilganing? - debdi amerikalik.
— Bu taksichi! Bizda bunaqalardan mingta, - dermish.
Shahrimizda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ish tartibi:
1. Asfaltga yo‘l chiziqlarini chizish.
2. Asfaltni yangilash.
3. Asfaltni kavlab, kanalizatsiya quvurlarini almashtirish.
— Allo, taksimi?
— Ha!
— Qozog‘iston poytaxtiga bormoqchi edim. Olib borib qo‘yasizmi?
— Yo‘g‘-ye, Nursulton juda uzoq! U yerga eltib qo‘ya olmaymiz!
— Nur-sul-ton, 9 ta harf. To‘g‘ri kelyapti. Rahmat!
Onasi 3 yoshli qizchasiga dedi:
— Qizim, xonang buncha tartibsiz? Qo‘g‘irchoqlaring burchaklarda ag‘darilib yotibdi, idish tovoqlar har yerga sochilib ketgan...
Qizi debdi:
— Oyijon, biz kecha "to‘y-to‘y" o‘ynaganmiz. Qo‘g‘irchoqlarim mast bo‘lib qolishgan, peshinda o‘ziga kelishadi.
Afandining uyiga o‘g‘ri kirgan ekan. Afandi sandiq ichiga berkinib olibdi. O‘g‘ri uyni axtarib, qo‘lga kirgudek hech narsa topmay, sandiqni ochib qarasa, Afandini ko‘rib qolibdi. O‘g‘ri:
— Sandiqning ichida nima qilib yotibsiz?— desa, Afandi:
— Uyda senbop hech narsa yo‘q, shunga xijolat bo‘lganimdan berkinib oldim,— degan ekan Afandi.