Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir odam qo‘lida bir xalta kir yuvish kukuniga qarab, so‘kinib ketayotsa, qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Ha, qo‘shni nima bo‘ldi? - debdi.
So‘kinib ketayotgan odam:
— Ey, ko‘rmaysizmi qo‘shni, mana bu poroshokka "100 gr besplatno" deb yozib qo‘yishibdi. Sotib olib uyda ochib qarasam, ichida faqat poroshok xolos! Do‘konga qaytaraman!
Xotin eriga debdi:
— Azizim, men o‘g‘limizga ism tanlab qo‘ydim!
— Nima ism ekan?
— Leksus deb ataymiz!
— Esing joyidami tentak?
— Endi oilamizda Leksus va Tentak bo‘ladi!
Oddiy baliq tilla baliqqa turmushga chiqibdi.
— Endi bizni baliqchalarimiz tilla bo‘lishadimi? – so‘rabdi oddiy baliq erkak baliqdan.
— Yo‘q, - debdi tilla baliq.
— Nega axir? Siz tilla baliqsiz-ku?! – desa, erkak baliq:
— Chunki meni onam tilla baliq bo‘lgan edi, otam emas, - degan ekan.
Afandi umrida ko‘l ko‘rmagan ekan. O‘rtoqlari bir kuni uni ko‘lga olib borishdi. Afandi suv tagidagi ko‘katlarni ko‘rib:
— Agar suv bosmaganda, xo‘p mol boqadigan yaylov ekan-da, - dermish.
Ota o‘g‘liga aytibdi:
— Muvaffaqiyatni kaliti, hamma eplay olmaydigan ishni zo‘r bajarishdir!
O‘g‘li esa:
— Hammadan ko‘ra ishsiz o‘tirishni zo‘r eplayman. Bo‘ladimi? - dermish.
Ikkita yigit barga kirib, ichib o‘tirishsa,ro‘parasida ko‘zgu bor ekan. Biri ikkinchisiga qara:
— Anavilarni qara, yigirma yildan keyin biz ham huddi shularga o‘xshab qolamiz, - desa, ikkinchisi:
— Ahmoq, bu ko‘zgu-ku...! - dermish.
Xitoyliklarda xiyonat degan tushuncha umuman yo‘q ekan.
Agar mabodo adashib, xiyonat qilib qo‘yishsa:
— Kechirasizlar, bilmay qoldim, - deb bosh egib turaverisharkan.
Boshliq xonasiga kirgan ishchiga rahbar debdi:
— Sizni arizangizni ko‘rib chiqdim. Maoshingizni oshirib bera olmayman!
Xodim asabiylashib:
— Oshirmasangiz-oshirmang! Faqat o‘z vaqtida oylik berishni o‘rganing!