Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Boshliq xonasiga kirgan ishchiga rahbar debdi:
— Sizni arizangizni ko‘rib chiqdim. Maoshingizni oshirib bera olmayman!
Xodim asabiylashib:
— Oshirmasangiz-oshirmang! Faqat o‘z vaqtida oylik berishni o‘rganing!
Jarrohlik operatsiyasidan keyin hushiga kelgan bemorga vrach dedi:
— Operatsiyadan oldin o‘zingizni juda yomon tutdingiz. Baqirib, tipirchilab, hamma yoqni ostin-ustun qildingiz. Yoningizdagi sherigingiz sizdan ham battarroq to‘palon qildi...!
Bemor vrachga:
— Albatta-da! Axir biz derazalarni yuvish firmasidan kelgan edik-da...
Ona o‘g‘lidan so‘radi:
— O‘g‘lim qarachi dadang kelyaptimi?
— Ha, kelyaptilar.
— Dadang yo‘lni qaysi chetida kelyaptilar?
— Ikkala chetida ham onajon!
— ... yana ichibdi...!
— Adasi, kecha soat beshdan keyin ovqat yeb, parhezimni buzdim. Iltimos, menga tanbeh bersangiz, boshqa bunday ish qilmay!
— Menga desa, uyatdan yerga kirib ketmaysanmi xotin?!
Bir odam folbindan qarz ekan. Haligi odamni uyiga folbin qarzini so‘rab borsa:
— Nima qilardingiz ovora bo‘lib?! Menda pul yo‘qligi folingizda ayon bo‘lmadimi? - dermish.
Bir kisavur yigit yo‘lda ketayotsa, mototsikl katta tezlikda kelib, urib yuboribdi.
Mototsekilchi qo‘rqib, qochib ketibdi. Yaqin-o‘rtada turgan GAI xodimi yetib kelib, haligi boladan:
— Mototsikl raqamini ko‘rdingmi? - desa, kisavur:
— Ko‘rmadim-u, lekin hujjatlari menda, - dermish.
Mohirbek bilan Mansurbek uyini ta’mirlashayotgan ekan, qo‘shnisi kirib kelibdi. Mohirbek sekingina Mansurbekni qulog‘iga:
— Qarab tur, yana biror asbobni so‘rab chiqqan, - debdi pichirlab.
— Sen yo‘q degin, - dyebdi Mansurbek.
Qo‘shnisi ularga qarab:
— Hormanglar! Bugun sizlarga arrangiz kerak bo‘ladimi?, - desa, Mohirbek:
— Ha, kechgacha faqat arrani ishlatamiz, - debdi qat’iy ohangda.
Qo‘shnisi xursand bo‘lib:
— Juda yaxshi-da! Unday bo‘lsa, bolg‘angizni olib turar ekanman-da bugun, - dermish.