Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Rossiyalik olimlar Sibirdagi chanalarga itlarni bog‘lab harakatlanuvchi odamlarni sinab ko‘rish maqsadida, ularga Kamaz berishibdi.
Oradan bir yil o‘tgach, olimlar natijani bilish uchun Sibirga qaytishibdi. Olimlar:
— Ho‘sh, sizlarga bergan mashinamiz yoqdimi? – deb so‘rashsa,
haligi odamlar:
— Ha. Faqat itlarimiz tortishga qiynalishyapti-da... – deyishibdi.
Yomg‘irli kunlarning birida, bir ayol do‘kondan uyiga qaytayotgan ekan. Ortidan bir erkak izma-iz kela boshlabdi. Juda-yam yaqin kela boshlaganini ko‘rgan ayolning o‘takasi yorilay debdi.
Qo‘rquvdan qaltirashga tushgan ayol boyagi erkakka o‘girilib qarasa, erkak:
— Qo‘rqmang! Men shunchaki, yangi etigim loy bo‘lmasin deb, izingizni bosib kelyapman xolos...! – debdi.
Ikkita gadoy kechada o‘tgan-ketganlardan sadaqa so‘rab o‘tirishgan ekan, bir yigit yonlaridan ularga salom berib o‘tibdi. Shunda gadoylardan biri ikkinchisiga:
— Yaxshi bola ekan, nega pul so‘ramading?
Ikkinchi gadoy esa:
— Ey, kaltafahm, agar puli bo‘lsa salom berarmidi...?!
O‘rmondan qo‘ziqorin to‘la savat bilan chiqqan erkak:
— Au, au, au, - deb har yoqqa yugurib yurgan ekan, o‘tkinchilardan biri:
— Nima bo‘ldi do‘stim? Qo‘ziqorindan ko‘proq yeb qo‘ydingmi?, - desa, boyagi odam:
— Yo‘q, Audi mashinamni o‘g‘irlab ketishibdi...
Ikkita juda inoq do‘stlar bo‘lgan ekan. Bir-birini hurmat qilishar ekan.
Avtobusga chiqishda, — Siz chiqing! Yo‘q, avval siz chiqing!" - deb bir-biriga yo‘l berar ekan. Ovqat yeyishsa, — Siz oling! Yo‘q, siz avval oling, - deyisharkan.
Taqdir taqazosi bilan ikkalasi ham bir kunda uylanishibdi. Ikkala do‘stni ayollarining vaqti-soati kelsa ham ko‘zi yorimabdi.
Yigitlar xotinini tekshiruvga olib borsa, homila egizak ekan.
Ikkala ayolni egizaklari ham, — Siz tushing, siz birinchi tushing! - deb yotishganmish.
— Nega quloqlaring bog‘lab tashlangan do‘stim?
— Kiyimlarimni dazmol qilayotgandim, telefon jiringlab qoldi. Telefon deb dazmolni ko‘taribman.
— Ikkinchi qulog‘ing-chi? Unisiga nima bo‘ldi?
— Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilaman deb, yana dazmolni ko‘tarib yuboribman-da...
Oyisi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Oshxonada ikki bo‘lak tort bor edi. Hozir uning bir bo‘lagi qolibdi. Buni menga tushuntira olasanmi?
O‘g‘li:
— Albatta tushuntiraman oyi. Qorong‘i edi shuning uchun ikkinchi bo‘lakni ko‘rmabman...