Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er xotiniga yalindi.
— 20000 so‘m ber…
— Yo‘q, bersam yana ichib qo‘yasan.
Kechqurun xotin ishdan kelib qarasa, uyda g‘ozlar yo‘q.
— Xoy, er, g‘ozlar qani?
Shirakayf er:
— G‘ozlar janubga uchib ketishdi. Agar 20000 so‘m bermasang, qo‘ylar ham toqqa chiqib ketishadi.
Qurilishda ishlaydigan bir yigit doktorga boribdi.
— Doktor, yordam qiling. Ichim qotib qolganmi, bilmayman, hech hojatga chiqa olmayapman.
— Ho‘sh, qani shimingizni yechib engashingchi.
Yigit engashibdi. Doktor:
— Haaaaa, tushunarli, - deb xonasida turgan bir tayoq bilan yigitni ketiga qattiq uribdi:
— Ana endi choping hojatxonaga.
Biroz vaqt o‘tib, yigit xursand holda qaytib kelib:
— Doktor, sizga katta rahmat. Qushday yengil bo‘ldim. O‘zi nima bo‘lgan ekan, tushunmay qoldim.
— Hech narsa bo‘lmagan, faqat bundan keyin ish vaqtida hojatga borsangiz, ketingizni bo‘shagan sement qopiga artmang.
— Ha, Eshmat globus ko‘tarib olibsan?
— Bayramga xotinimga sovg‘a qilmoqchiman.
— Xotining o‘qituvchi emasdiku.
— O‘qituvchi bo‘lmasa ham mening davrimda bir dunyoni ko‘rsin.
Afandining bir o‘rtog‘i kasal bo‘lib qoldi, uni ko‘rgani borish oldidan xotinidan maslahat so‘radi:
— Kasal ko‘rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so‘raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?» deb so‘raysiz, u ko‘ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko‘proq yeb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o‘rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo‘lsa yaxshi, men ham ko‘rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o‘rtog‘inikiga bordi, u og‘ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so‘radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko‘rib turibsizku, o‘ladigan bo‘lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg‘ilandi, Afandi so‘roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?
— Ajalning urug‘ini!
— Ushandan ko‘p-ko‘p yeb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so‘radi:
— Mendan boshqa o‘rtoqlaringiz ham ko‘rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig‘lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko‘cha-kuyda ko‘rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo‘nab ketdi.
Taksida ona o‘g‘li bilan ketayotgan ekan. O‘g‘li haydovchidan ko‘zini uzmay qarayveribdi. Buni ko‘rgan haydovchi: — Hoy bolakay, nega menga tikilib ketyapsan? – desa, bolakay: — Yo‘lda yopiq turgan metan zapravkalarni ko‘rib siz ham adam aytgan so‘zlarni aytarmikansiz deb qarab ketyapman, - debdi.
Kecha 100 ming so‘mlik pulga "mayda" topolmay qoldim. Hech kimda yo‘q... Qarasam yo‘l chetida YPH xodimi turibdi. Yonga borib: — 100 ming so‘mga maydangiz yo‘qmi? - desam, u: — Yo‘q, hali tushmadi! Hozirgina kelib turibman o‘zi! - deydi.
Uchta kasb egalariga hech tushunmayman: — Futbolchilar o‘zi tepgan to‘pni o‘zi quvlaydi. — Vrachlar bemorni qayeri og‘riyotganini bilib turib, "Qayeringiz og‘riyapti?" deb so‘raydi. — O‘qituvchilar o‘zi bilgan savolni o‘quvchilardan so‘raydi.