Yigit bilan qiz niyat bulogʻiga borishibdi.
Birinchi boʻlib yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi.
Keyin navbat qizga kelibdi. Qiz tangani tashlayman deb, oʻzi suvga tushib ketibdi.
Shunda yigit:
— Shu yerda niyat qilsang, albatta amalga oshadi deyishardi. Rost ekan! – dermish.
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Ikkita kal odam bir-biri bilan janjallashmoqda:
— Seni boshing kal!
— Sen ham kalsan!
— Sen mendan kalroqsan!
— Qanaqasiga? Seni boshingda ham bir dona soch yo‘q-ku!?
— Lekin seni boshing menikidan kattaroq!!!
Bir odam yo‘lda ketayotsaa, Afandi chuqur qaziyotgan ekan. Afandini bu ishini ko‘rib, undan "nega chuqur qaziyapsiz? Simyog‘och o‘rnatasizmi?" deb so‘rasa, Afandi:
— Yo‘q, ishga kirmoqchi edim. Rasmga tushib keling deyishdi.
— Rasmga tushishga chuqurni nima aloqasi bor? - desa Afandi:
— Ish joyiga yelkadan tepasini rasmi kerak ekanda, - debdi.
— Ha, nega unda uchta chuqur kavlayapsiz, - desa? Afandi:
— Ish joyidan uchta rasm so‘rashgandi, - deb javob bergan ekan.
18 yoshli qizlarga onasi yigitdan gap ochsa, qizlar: "Chiroylimi?" deb so‘rashadi.
25 yoshga kirgan qizlarga gap ochishsa, "Yaxshi yigitmi?" degan savolni berishadi.
30 yoshga chiqganlarida esa "Yigit" deyishsa, "Qani? Qayerda?" deyisharkan.
Maktabdan xursand bo‘lib qaytgan bola otasiga debdi:
— Ada, ada! Men ertaga ona tilidan "5" baho olaman.
Otasi:
— Iye, buni qayerdan bilasan o‘g‘lim?
Bola javob beribdi:
— Bugun o‘qituvchimiz insho yozdirgan edilar. Men sinfimizdagi eng a’lochi qizdan ko‘chirib oldim.
Otasi:
— Nima mavzuda insho yozdinglar?
O‘g‘li:
— "Mening tarjimai holim" mavzusida, - dyebdi.
Saroy folbinini shoh o‘z huzuriga chaqirib debdi:
— Mening taqdirimni bilasanmi?
— Ha, bilaman, - debdi folbin.
Shohning jahli chiqib:
— Sen o‘z taqdiringni bilib olgin avval, - deb uning boshini tanasidan judo qilibdi.
Ikkinchi folbin shoh huzuriga kelibdi.
— Mening taqdirimni bilasanmi? - so‘rabdi shoh.
— Yo‘q, men sizni qachon o‘lishingizni bilaman.
— Qachon? - darg‘azab bo‘libdi shoh.
— Mening o‘limimdan ikki kun o‘tgandan keyin, - javob beribdi folbin.
Arab milliarderiga Germaniyada o‘qiyotgan talaba o‘g‘lidan xat kelibdi:
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".
Ota-onalar majlisida o‘qituvchi Alini otasiga:
— O‘g‘lingiz Saiddan ko‘chiradi, - debdi.
Alini otasi:
— Balki Said Alidan ko‘chirgandir, - desa, o‘qituvchisi:
— Said imtihonda bilmayman deb yozibdi. Ali men ham bilmayman deb yozib qo‘yibdi, - dermish.