Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir amaldor fuqarolar bilan uchrashuvda gap boshlabdi: — Biz oldin yaxshi yashaganmiz, hozir ham yaxshi yashayapmiz, bundan keyin ham yaxshi yashaymiz, - desa, fuqarolar orasidan ovoz kelibdi: — Biz-chi?
Onasi ishga ketayotib: — Sigirlarga qarab o‘tiringlar, - debdi bolalariga. Ishdan qaytsa, sigirlar och qolgan emish. — Nega sigirga hashak bermadinglar? - desa, bolalari: — Unaqa deb aytmadingiz. Qarab o‘tirdik faqat, - deyishibdi.
Yarim kechada afandi ko‘chada izg‘ib yursa, mirshab to‘xtatib: — Nima qilib yuribsiz? - debdi. Afandi: — Uyqim qochib ketdi, qidirib yuribman, - dermish.
2050 yilda Rossiyada o‘zbek bolasi onasidan so‘rabdi: — Onajon, bu yerda xaqiqatdan ham ruslar yashaganmi? - desa, onasi: — Eh bolam... Bunga uzoq yillar bo‘lgan... - debdi.
Er-xotin uyiga yangi lyustra sotib olibdi.
Eri tepaga chiqib, lyustrani o‘rnatayotib xotinidan so‘rabdi:
— Chiroqni o‘chirdingmi ishqilib?!
— Ha, - debdi xotini.
Bir payt xotinini qitmirligi tutib, eri bilan hazillashgisi kelib qolibdi. Sekin erini tovonini tirnoqlari bilan qitiqlasa, eri:
— Voy dod! – deb pastga sakrab tushibdi.
Xotini:
— Ha, nima bo‘ldi adasi? – desa, eri:
— Ming la’nat! Chiroqni o‘chirdim deganding, tok urib tovonimgacha zirillatvardi! – dermish.
Bir odam samolyotda uchib ketayotib, hadeb xudoga iltijo qilarmish:
“Eson-omon yetib olaylik!” deb.
Yonidagi yo‘lovchi undan so‘rabdi:
— Hoy birodar, buncha havotir olasiz? Samolyot yangi, ishonchli! Hech narsa bo‘lmaydi, qo‘rqmang!
Haligi odam:
— Nuqul men o‘tirgan mashina buzilib qoladi, velosipedni baloni teshiladi, poyezd ham halokatli to‘xtaydi, - deb tursa birdan styuardessa e’lon qilibdi:
— Hurmatli yo‘lovchilar! Samolyotimiz tinch okeaniga qulamoqda! Biz sizlarga bittadan qutqaruv jeleti va xushtak beramiz. Xushtakni chalsangiz, sizlarga akula hujum qilmaydi!
Shunda haligi odam yig‘lamsirab debdi:
— Hozir menga berishgan xushtak yo chalinmaydigan bo‘ladi, yo bo‘lmasa menga uchragan akula kar bo‘lib chiqadi… Qutqaruv jeletini razmeri topilmasa ham kerak!