Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir soxta tabib odamlarni tomirini ushlab, kasalini aniqlab, dori yozarkan. Bir kuni bemorni chap qo‘l tomirini ushlab, dori yoza boshlasa, bemor tabibga qarab:
— O‘ng qo‘limni tekshiring, chapi pratez, - dermish.
Uyga mast holatda kelgan eriga xotini baqirib:
— Ichibsan-ku mayli-ya, lekin nega belingda tirnoq izlari tushirilgan?
Eri bo‘lsa:
— Aytsam ishonmaysan! Ichib olib yurolmay qolgandim, burgut uygacha tashlab qo‘ydi...
Domla talabalarga dedi:
— Kim o‘zini ahmoqman desa o‘rnidan tursin.
Hech kim o‘rnidan turmaganidan keyin ancha vaqt o‘tib Turdiyev sekin turdi.
Shunda domla:
— Ha Turdiyev, tik turding, ahmoqmisan?
— Yo‘q domla. Bitta o‘zingiz turganingiz uchun menga noqulay bo‘ldi...
Bola kutubxonaga kirib so‘radi:
— Kechirasiz Nasaf chempionligi haqida kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Fantastik kitoblar 5-qatorda,
Bola so‘radi:
— A Neftchi chempion bo‘lgani haqidagi kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Tarixiy kitoblar 2-qatorda!
Bir kishi, boshqa shahardagi oshnasinikiga 2-3 kunga mehmonga kelibdi. Oshni yeb bo‘lishgach, xaligi mehmonni juda qovun yegisi kelibdi. Mezbon ham negadir qovun olib chiqmabdi. Toqati toq bo‘lgan mehmon uy egasiga debdi:
— Oshna, qovun yegandan keyin qayerda yotaman?
Xotin ko‘chada eri bilan urishib qolibdi: — Sizni ko‘zingiz “o‘ynoqi”, qizlarga “suyagingiz yo‘q”, ayollarga xushomad qilishga ustasiz, bir pasta ko‘nglini topib, tanishib olasiz, ... deb tursa, o‘tib ketayotgan bir ayol to‘xtab: — Reklama qilyapsizmi bu erkakni? Narxi qancha ekan? – dermish.
Yangi sotilayotgan telefon ekranlarida ham sigaret qutilaridek yozuvlar bo‘lishi kerak: "Ko‘zingni nuridan ayrilasan!", "Bosh miya saratoniga olib keladi", "Rulda bo‘lsang, avariyaga uchraysan", "Xotining bilan janjallashib qolasan" va hakozo.