Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Haydovchi ertalab soat 4 da yo‘lda ketayotsa, YPH xizmati xodimi daraxt orqasidan yugurib chiqib, mashinani to‘xtatibdi. — Erta tongdan qayoqqa ketyapsiz hurmatli haydovchi. Hamma odamlar uxlab yotibdi. Shubhali...?! — Men ham shuni aytaman. Hamma odamlar uxlab yotganda siz daraxt orqasida nima qilib turibsiz?!
Praporщik ishdan qaytsa, uyda xotini nolib qolibdi:
— Jonimga tegdi hammasi! Kun bo‘yi bir martta ham o‘tirmadim...
Praporshik bu gapni eshitib xotinini 50 martta o‘tirib-turishga majbur qilibdi.
Erim qafasdagi konoreykalarga don, suvdan tashqari olma, banan, qulupnay, qizil sabzi, qaynatilgan tuxum beradi. Yomg‘ir yoqqanida qafasni issiqqina uyga olib kiradi. Havo yaxshi bo‘lsa qafasni hovlining eng bahavo joyiga iladi.
Shu qushlarga aylanib qolgim kelyapti...!
Davron yugurishni, ekstremal sport turlarini, adrenalinni, daraxtga chiqish-u, devordan oshib o‘tishni yoqtirmas edi. Biroq yangi ko‘chib kelgan qo‘shnining ikkita bulterer iti Davrondagi yashirin qobiliyatlarni ochib berdi...
Rus qiz o‘zbek oilasiga kelin bo‘lib tushibdi.
Oradan ko‘p ham vaqt o‘tmay qaynotasi olamdan o‘tibdi. Azaga kelgan ayollar kelinga “Sabr bersin” deyishsa, kelin ularga “Sizlarni ham yetkazsin” deyayotganmish.
5 yoshli bolakay ko‘chaga o‘ynagani chiqib ketayotib, 87 ga kirgan buvasiga debdi:
— Buvajon, tishlaringiz bormi?
Buvasi:
— Voy, menda tish qolibdimi?! – debdi.
Bolakay xursand bo‘lib:
— Unda mana bu kulchamni ushlab turing. Men ko‘chada biroz o‘ynab kelaman, - degan ekan.
Bir badavlat erkak mashinasida ketayotsa, yo‘l chetidagi chimni yeyayotgan daydi odamni ko‘rib qolibdi. Mashinasidan tushib unga:
— Hoy nima qilyapsan? Nega o‘t yeyapsan? – deb so‘rasa, daydi:
— Nima qilay? Qornim och... Hech bo‘lmasa shu chimni “g‘ajib turay” – debdi.
Boy mashinasini eshigini ochib:
— Chiq! Bugun men sahiyman! Ketdik, bir joyga olib boraman, - debdi.
Kambag‘al daydi mashinaga chiqib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib:
— Hamma odamlar boylarni ziqna, bahil deyishadi. Aslida unaqa emas ekan-ku! – desa, boyvachcha:
— Bugun men juda sahiyman. Hozir seni dalahovlimga olib boraman. U yerdagi chimni o‘rishga anchadan beri vaqtim bo‘lmayotgan edi. Istaganingcha yeyaver! – degan ekan.