Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Davron yugurishni, ekstremal sport turlarini, adrenalinni, daraxtga chiqish-u, devordan oshib o‘tishni yoqtirmas edi. Biroq yangi ko‘chib kelgan qo‘shnining ikkita bulterer iti Davrondagi yashirin qobiliyatlarni ochib berdi...
55
Rus qiz o‘zbek oilasiga kelin bo‘lib tushibdi.
Oradan ko‘p ham vaqt o‘tmay qaynotasi olamdan o‘tibdi. Azaga kelgan ayollar kelinga “Sabr bersin” deyishsa, kelin ularga “Sizlarni ham yetkazsin” deyayotganmish.
46
5 yoshli bolakay ko‘chaga o‘ynagani chiqib ketayotib, 87 ga kirgan buvasiga debdi:
— Buvajon, tishlaringiz bormi?
Buvasi:
— Voy, menda tish qolibdimi?! – debdi.
Bolakay xursand bo‘lib:
— Unda mana bu kulchamni ushlab turing. Men ko‘chada biroz o‘ynab kelaman, - degan ekan.
42
Bir badavlat erkak mashinasida ketayotsa, yo‘l chetidagi chimni yeyayotgan daydi odamni ko‘rib qolibdi. Mashinasidan tushib unga:
— Hoy nima qilyapsan? Nega o‘t yeyapsan? – deb so‘rasa, daydi:
— Nima qilay? Qornim och... Hech bo‘lmasa shu chimni “g‘ajib turay” – debdi.
Boy mashinasini eshigini ochib:
— Chiq! Bugun men sahiyman! Ketdik, bir joyga olib boraman, - debdi.
Kambag‘al daydi mashinaga chiqib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib:
— Hamma odamlar boylarni ziqna, bahil deyishadi. Aslida unaqa emas ekan-ku! – desa, boyvachcha:
— Bugun men juda sahiyman. Hozir seni dalahovlimga olib boraman. U yerdagi chimni o‘rishga anchadan beri vaqtim bo‘lmayotgan edi. Istaganingcha yeyaver! – degan ekan.
41
O‘g‘li otasiga debdi:
— Ada, nega gorillaning burun teshiklari buncha katta?
Adasi o‘ylanib turib:
— Chunki gorillaning barmoqlari katta-da! – degan ekan.
38
Er:
— Bilasanmi, xotinjon, tuya sakkiz kun ishlab, hech narsa ichmasligi mumkin ekan!?
Xotin:
— Men sakkiz kun ichib, hech qanday ish qilmaydigan tuyani-yam bilaman, - dermish.
39
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
47
Ikki do‘st birga o‘tirsa, biri o‘rnidan turib ketayotgan ekan, narigisi so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsan?
— Suv ichib kelaman.
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi sherigi.
Bir payt suv ichib kelayotgan do‘sti xursand, kulib kelayotganmish.
— Nega kulyapsan? – desa, do‘sti:
— O‘zim uchun toza suv ichib, sen uchun loy suvdan ichdim, - debdi.
39
Kiyim do‘konida er-xotin aylanib yurishgan ekan, eri birdan xotiniga do‘q urib:
— Anavi erkak nega senga ko‘z uzmay qarayapti??? - debdi.
Xotini:
— E adasi, bu maniken-ku! - desa, eri:
— Hali uni ismini-yam bilasanmi?! - dermish.
39
Sms suhbati:
— Salom yaxshi qiz!
— Salom!
— Tanishsak bo‘ladimi? Ismingiz nima?
— Menikimi? Shohida.
— Meniki esa bargida.
43