Kecha 100 ming so‘mlik pulga "mayda" topolmay qoldim. Hech kimda yo‘q... Qarasam yo‘l chetida YPH xodimi turibdi. Yonga borib: — 100 ming so‘mga maydangiz yo‘qmi? - desam, u: — Yo‘q, hali tushmadi! Hozirgina kelib turibman o‘zi! - deydi.
Uchta kasb egalariga hech tushunmayman: — Futbolchilar o‘zi tepgan to‘pni o‘zi quvlaydi. — Vrachlar bemorni qayeri og‘riyotganini bilib turib, "Qayeringiz og‘riyapti?" deb so‘raydi. — O‘qituvchilar o‘zi bilgan savolni o‘quvchilardan so‘raydi.
Hamma rahbarlarni gapi bir xil! “Ishlamasang bo‘sha! O‘rningga boshqa odam topaman!” Lekin mehnat ta’tiliga chiqish uchun ariza yozsang: “Ishni kim qiladi?” “Sizdan boshqasi tushunmaydi, qila olmaydi...!”
— Retoranda xotinim bilan uchrashib qolgan kun hecham yodimdan chiqmaydi. — Juda zo‘r kecha bo‘lganmidi?! — Men xotinim bolalar bilan uyda o‘tiribdi deb o‘ylabman-da!
Niqob taqib yurgan odamni yoniga bittasi kelib debdi: — Koronavirus uzoqqa cho‘zilmaydi. — Nega? - debdi haligi odam. — Xitoyliklarni ishlab chiqargan narsasini bilasan-ku... - degan ekan.