Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bolaligimda:
"Ura-a-a, yaqinda yangi yil bayrami bo‘ladi!!!"
Hozir:
"Uf-f-f yana yangi yil bayrami...!"
67
Tun qorong‘usida bir erkak uyiga mast, ust-boshi kir, g‘ijim holda kirib kelib, uxlab qolibdi. Ertalab uyqudan tursa, xotini uyda yelib-yugurib yuribdi. Erini kiyimlarini tozalagan, dazmollagan. Oshxonaga kirsa stol ustida turli xil noz-ne’matlar bilan to‘ldirilgan nonushta, ... Xotini u yoqqa o‘tsa ham eriga jilmayarkan, bu yoqqa o‘tsa ham jilmayarkan. Er bu holatni ko‘rib hangu-mang bo‘lib, o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi onangga, nega bunaqa? - desa, o‘g‘li:
— Kechasi kelganingizda onam jahl bilan sizni uyga sudrab kirib, kiyimlaringizni yechayotgan edilar, siz onamga qarab:
— Menga yaqinlashma, meni xotinim bor deyishiz bilan, onam o‘zgarib qoldilar, - dermish.
38
Sen haqingda hamma narsani bilaman:
1. Hozir Internetda o‘tiribsan.
2. Sen saytdasan.
3. Sen hozir buni o‘qiyapsan.
5. 4-band yo‘qligini payqamading.
6. Ana, tekshirib ko‘ryapsan.
7. Endi jilmayding.
latifa.uz sayti bilan hamisha kayfiyating a’lo bo‘lsin.
34
Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo‘libdi. Ishga ketgandek bo‘lib, ko‘chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o‘tirib ketibdi.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o‘tirib, sekin o‘sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og‘ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo‘ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo‘q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo‘lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo‘yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish.
36
— Yoshim 14 da, yigitim esa yaqinda 21 ga to‘ladi. Nima sovg‘a qilsam ekan?...
— Jinoyat kodeksini!
89
— Dada, kecha ko‘chada bir ayol bilan kinoga kirib ketdingiz-a?
— Jim, onang bilmasin! Mana senga o‘n ming!
— Yo‘q dada, o‘n ming kam!
— Mana yigirma ming bo‘ladimi?
— Dada, ziqnalik qilmang! O‘tgan kuni oyim bilan qo‘l ushlashib ketayotgan amaki ellik ming berdi-ku...
97
Bir boyning kambag‘al qo‘shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag‘al qo‘shnisini devoridan mo‘ralasa, kambag‘al ko‘zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi.
Kambag‘al qo‘shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o‘tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko‘rgan boy yugurib chiqib qo‘shnisiga:
— Shu ko‘zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag‘al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko‘zani unga beribdi.
Boy xursand bo‘lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko‘zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo‘q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.
114
Ikki dugona suhbatidan:
— Hayotingda biror erkakni ko‘rganingda, badaning jimirlab ketganmi?
— Ha, kuni-kecha shunaqasi bilan uchrashdim.
— Kim ekan u?
— Stomatolog yigit ...
135
— Qani oldik, ichamizmi?
— Nima munosabat bilan?
— Bugun 15.10.2016!
— Xo‘sh nima bo‘pti?
— Bunaqa sana hayotda bir martta bo‘ladi axir!
136
Xotin eriga:
— Azizim, qaymoq tugadi!
Eri:
— “Tugadi” emas, “Tugatdim” degin. Qachon vijdon bilan gapiradigan bo‘lasan-a?
136