Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Adasi do‘stlari bilan karta o‘ynab o‘tirishsa, kichkina o‘g‘li adasini yoniga kelib:
— Ada, to‘rtta tuz bo‘lsa yutadimi-yutqazadimi?, - debdi.
— Yutadi! Nariroqqa bor, - debdi adasi o‘g‘liga.
Bu gapni eshitgan do‘stlari qo‘llaridagi kartalarni tashlab:
— Bo‘ldi, sen yutding, - deyishibdi.
Adasi esa o‘rtadagi pullarni yig‘ib olar ekan, o‘g‘li unga:
— Ada, qo‘lingizda umuman tuz yo‘qligi yomon-a?, - dermish.
Eri yarim kechasi uyga ko‘chadan shirakayf kirib kelsa, xotini jahl bilan:
— Yana ichib-chekib, kayfu-safo qilib yuribsanmi ?, - desa, eri:
— Azizam, xasadgo‘ylik yomon! Bu odatingni tashla!, - debdi.
Liftga yosh qiz bilan er-xotin kirishibdi. Bir payt qiz o‘girilib, erkakni yuziga tarsaki tushiribdi-da,
— Xotiningizni oldida uyalmaysizmi tegajoqlik qilishga?!, - deb baqiribdi-da, liftdan chiqib ketibdi.
Er esa yuzini ushlagancha xotiniga qarab:
— O‘lay agar, hech narsa qilganim yo‘q, - debdi qo‘rqib.
Xotini:
— Tinchlaning, bu men edim, - debdi.
Bir odam yo‘lda ketayotsa, osmondan ovoz etishilibdi:
— To‘xta, tepadan g‘isht tushyapti!
Haligi erkak to‘xtashi bilan, oldiga katta g‘isht kelib tushibdi. Yo‘lda ketishda davom etibdi. Ketayotsa, yana ovoz kelibdi:
— To‘xta, mashina kelyapti!
Darrov to‘xtabdi erkak. Shu payt oldidan katta tezlikda mashina o‘tib ketibdi.
— Sen o‘zi kimsan?, - deb so‘rabdi boyagi odam.
— Men seni haloskor farishtangman!
— Uylanishimdan oldin qayerda eding unda!!!
Afandining xotini homilador ekan. Vaqti-soati yetgach, tug‘ruqxonaga olib boribdi. Bir soat kutibdi, ikki soat kutibdi. Oradan uch soat o‘tgach, vrach afandiga derazadan qop-qora chaqaloq ko‘rsatib: — Tabriklayman, o‘g‘illi bo‘ldingiz!, - desa, afandi:
— Ovqatni-ku nuqul kuydirardi. Bolaniyam kuydirvaribdi, - dermish.
— Menga necha yosh berasiz, qani, toping-chi.
— Bir nima deyishga hayronman.
— O‘zim yordamlashaman. Qizim bog‘chaga boradi.
— Qizingiz bog‘cha mudirasimi?
Er ishdan kelsa 3 yoshlik qizchasi xursand bo‘lib yugurib yoniga kelib:
— Dadajon salom! Menga nima olib keldingiz, - dedi?
Dadasi:
— Qizalog‘im hech nima ololmabman-ku senga?!
Qizcha qovogini solib:
— Bu yoqqa chiqing. Oyi eringiz keldi, - dermish!
Itingizga qarasangiz bo‘lmaydimi, qo‘shni? Kecha shunaqangi hurdiki, qizim qo‘shiq aytish mashqini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
— Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo‘lib boshladi.
— Bilasanmi do‘stim, sen juda tarbiyali, kamtar, aqlli va xushchaqchaqsan! Og‘ir-bosiq fe’ling ham bor. Ayniqsa qo‘ling ochiqligiga gap yo‘q! — E, bilaman! Lekin bundan ko‘p zarar ko‘raman... — Gap senda emas! Muhimi do‘stlaringga foydasi bor!
Voyenkomatga kelgan yigit: — Dengiz qo‘shinida xizmat qilmoqchiman. Bu bir umrlik orzuim! Harbiy komissar: — Mayli, suzishni bilasanmi? Yigit: — Nima, kema yo‘qmi?