Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir odam yo‘lda ketayotsa, osmondan ovoz etishilibdi:
— To‘xta, tepadan g‘isht tushyapti!
Haligi erkak to‘xtashi bilan, oldiga katta g‘isht kelib tushibdi. Yo‘lda ketishda davom etibdi. Ketayotsa, yana ovoz kelibdi:
— To‘xta, mashina kelyapti!
Darrov to‘xtabdi erkak. Shu payt oldidan katta tezlikda mashina o‘tib ketibdi.
— Sen o‘zi kimsan?, - deb so‘rabdi boyagi odam.
— Men seni haloskor farishtangman!
— Uylanishimdan oldin qayerda eding unda!!!
— Menga necha yosh berasiz, qani, toping-chi.
— Bir nima deyishga hayronman.
— O‘zim yordamlashaman. Qizim bog‘chaga boradi.
— Qizingiz bog‘cha mudirasimi?
Er ishdan kelsa 3 yoshlik qizchasi xursand bo‘lib yugurib yoniga kelib:
— Dadajon salom! Menga nima olib keldingiz, - dedi?
Dadasi:
— Qizalog‘im hech nima ololmabman-ku senga?!
Qizcha qovogini solib:
— Bu yoqqa chiqing. Oyi eringiz keldi, - dermish!
— Vafodor er bilan bevafo erni farqi nimada? — Farqi katta. Vafodor er har safar xotiniga "Senga xiyonat qilmaganman" deganida vijdoni qiynalaveradi...
— Do‘stim, nega xotining qo‘shiq xirgoyi qilayotganda ko‘chaga chiqib o‘tirasan? — Qo‘shnilar eri xotinini do‘pposlayapti-yu, xotini dod solib yig‘layapti deb o‘ylamasliklari uchun.
Voyenkomatga kelgan yigit: — Dengiz qo‘shinida xizmat qilmoqchiman. Bu bir umrlik orzuim! Harbiy komissar: — Mayli, suzishni bilasanmi? Yigit: — Nima, kema yo‘qmi?
Uyimni derazasidan tashqariga qarab tursam, ro‘paradagi uyni derazasidan bir ayol menga qo‘l silkitdi. Men ham unga qo‘l silkitdim. U yana menga qarab shunday qildi. Xotinim orqa tarafimda turgan ekan. "Nima qilyapsiz adasi?! U ayol deraza artyapti-ku!" deb qoldi.
Matiz avtomobilini orqasidan katta tezlikda kelib urgan Malibu 2 ni yoniga GAI xodimi kelib qarasa, oynalari qoraytirilgan Malibu 2 ni ichida shahar sudyasi o‘tirgan ekan. GAI sekingina Matizni yoniga borib "Hurmatli haydovchi! Siz Malibu 2 avtomobilini katta tezlikda quvib o‘tib, uni old tarafiga urdingiz! Hujjatlarni taqdim eting!" - dermish.