Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘zbekona topishmoq:
Qaysi odam uyidan nima olib ketayotganini aniq biladiyu, nima olib kelayotganini aniq bilmaydi?
Javob: Biror bir yig‘inga tog‘ora ko‘tarib ketayotgan o‘zbek ayoli. Ketayotganida ichida nima borligini aniq biladi, qaytayotganda tog‘orasi ichida nima borligini aniq aytolmaydi.
44
Talabalar yotoqxonasidagi suhbatdan:
— Xonadoshimni go‘shtga yuborgan edim, chorrahadan o‘tayotib, mashina turtib ketibdi. Kasalxonada emish.
— Voy o‘lmasam! Sen nima qilding?
— Nima qilardim? Och o‘tirmayman-ku! Tuxum qovurib yedim.
38
— Do‘stim, pullarimni qayerda saqlaganim ma’qul?
— Xotirangda saqlaganing durust!
36
Qarg‘a osmonda uchib ketayotgan reaktiv samolyotga qarab tursa, yonidagi bolasi undan so‘rabdi:
— Oyi, anavi qushcha qanday qilib bunchalik tez uchib ketyapti?
— Sening ham dumingga o‘t qo‘yishsa, shunday uchib ketasan.
40
Bir erkakning xotini erini jahlini chiqaraveribdi. Oxiri eri uni kaltaklashni boshlabdi.
Shu payt ko‘chadan yoshi ulug‘ mo‘ysafid o‘tib ketayotib, bu janjalni ko‘rib qolibdi va debdi:
— Hoy, nega sen ayolingni bunchalik kaltaklayapsan? Agar xotinni tarbiyalamoqchi yoki jazolamoqchi bo‘lsang, xotin ustiga xotin ol! Shunda ko‘rasan!
Er mo‘ysafidni gapini eshitib tursa, xotini:
— Bu cholni gaplarini umuman eshitmang adasi. Uring, uravering! – degan ekan.
38
Bir chukcha yozda O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelibdi. O‘zbek chukchaga dasturxon yozib mehmon qilibdi.
Vaqt o‘tib o‘zbek xam Chukotkaga mehmonga borsa, dasturxonda sovuqda muzdek suv turgan ekan o‘zbek:
— O‘zi 30 daraja sovuq bo‘lsa. Bu nimasi? - desa, chukcha:
— O‘zing 40 gradus issiqda menga qaynoq choy uzatganding, oling sovumasin deb... Esingdami? - dermish.
34
— Dugonajon qanday qilib bir oylik maoshni bir kunda sarflash mumkin?
— Maoshingni olgin, ko‘rsataman!
49
Vrach qabuliga kelgan ikki qariya suhbatidan:
— Vrachlarning yozib bergan dorisiga sira tushunib bo‘lmaydi.
— Bu yaxshi-ku!
— Nimasi yaxshi?
— Masalan, men vrach yozib bergan dori qog‘ozi bilan bir yil avtobusda byepul yurdim. Yarim yil bepul teatr tomosha qildim.
39
Gai xodimi:
— Yaxshi qiz, haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Ha bor.
— Qani bir tekshirib ko‘raylik...
— Iltimos, olib qo‘ymang!
— Nega?
— Chunki guvohnomadagi rasmga juda chiroyli tushgandim-da.
50
Qizlar yashaydigan talabalar yotoqxonasida idish-tovoqlar ovqatdan keyin yuvilsa, yigitlar yashaydigan yotoqxonada idishlar ovqatdan oldin yuviladi.
41