Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Psixologiya darsida talabalar professordan ma’ruza tinglashmoqda. Professor: — Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman. Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib: — Allo, Baxtiyor bormi? - debdi. Go‘shakdan: — Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi. — Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor. Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi. — Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor. — Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi. — Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor. Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi: — Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman. — Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi. Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib: — Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.
Qiz voyenkomat eshigi yonida yig‘lab tursa, komandir chiqib: — Yigitingni armiyaga olib ketishdimi? - debdi. — Ha, uchchalasini baravar olib ketdi, - debdi qiz.
Yurtimizda mehmon bo‘lib yurtiga qaytayotgan chet ellikdan aeroportda so‘rashibdi: —Xo‘sh qalay, O‘zbekiston sizga yoqdimi? U javob beribdi: —Ha, juda-yam! Hamma urf-odat va an’analaringiz yoqdi-yu, shu ommaviy chiroq va gazlarni o‘chirib qo‘yish udumi yoqmadi, - degan ekan.
Bir kuni tish shyotkasi sovunga dardini aytib qolibdi: — Bilasanmi, odamlar men bilan tishlarini yuvishadi. Shunda sovun xafa bo‘lib: — Shukur qil! - degan ekan.
Bir kishi to‘y qilmoqchi bo‘lib, afandiga to‘yga aytishni buyuribdi. Afandi boyni uyiga borib, to‘yga aytsa, boy: — To‘yga aytishga tuzukroq odam topilmadimi? - debdi. Afandi boyga qarab turib: — Tuzukroqlar tuzukroq odamlarnikiga aytishga ketdi-da boy ota, - degan ekan.
Do‘konga kirsam, rastalar bo‘m-bo‘sh! Hamma narsani olib ketishibdi. Un yo‘q, guruch yo‘q, grechka yo‘q, shakar yo‘q, ... Janjal ko‘tardim. "Nega hech narsa yo‘q" deb baqirdim. 3 kishi meni haydab chiqarishdi. Nima emish?! Bu mebel do‘koni-kumish...!
Bugun ishxonamizdan karantin e’lon qilib uyga javob berib yuborishdi. Karantin vaqtida ham oylik maoshimiz to‘liq berilishini, tibbiy niqoblar dorixonalarda 500 so‘m ekanini, oziq-ovqatlarning narxi oshmasligini e’lon qilishdi. Keyin shu joyda men uyg‘onib ketdim...
Er shimini hafsala bilan dazmollayotgan xotinini ko‘rib so‘rabdi:
— Tinchlikmi onasi?! Bugun chiroyli kiyinib ko‘chaga chiqsam, menga qizlar qarar ekan-da...! – desa xotini:
— Dazmollangan, yaxshi kiyingan erkak oilali bo‘lishini hamma qizlar bilishadi, - debdi.
Matbuot anjumanida Krishtyano Ronaldu maqtanayotgan emish:
— Men eng zo‘riman. Men eng kuchli futbolchiman. Men istedodman, - deyayotsa, bir jurnalist o‘rnidan turib:
— Qiynalmay men – Messiman deb qo‘yaqoling, - dermish.