5 yoshli bola podshoh, sultonlar haqida kitob o‘qib turib onasiga:
— Men ham katta bo‘lsam, 5ta xotinim bo‘ladi. Bittasi kirimni yuvadi, bittasi uy tozalaydi, yana biri ovqat qiladi, - desa
Onasi:
— San qaysi biri bilan uxlaysan? - debdi
— Man hech qaysi biri bilan uxlamayman, man oyijonim bilan uxlayman, - debdi.
Onasini ko‘zlari yoshlanib: "O‘zimni mehribonim, g‘amxo‘rim, - debdi,
— Unda 5ta xotining kim bilan uxlaydi? - desa
— Adam bilan uxlaydi hammasi, - debdi
Otasini ko‘zlari yoshlanib:
— O‘zimni mehribonim, - dermish
Birinchi sinf o‘quvchisi ilk marta maktabga borib qaytgach, kayfiyati yomon, sumkasini otib yuboribdi.
Onasi:
— Nima bo‘ldi? - desa.
Bola:
— Maktabni obedgacha degandiz, 11 yil ekanku, - dermish
Bir odam o‘g‘liga:
— Bo‘ldi bas, men etgan qizga uylanasan.
— Axir dada, qanday qilib ko‘rmay, bilmay turib, uylanaman? Kim o‘zi u qiz?
— Hokimning qizi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Hokimni oldiga borib:
— Qizingizni so‘rab keldim, o‘g‘limga kelinlikka bersangiz.
— Iye, qiziq ekansiz-ku, tanimagan bilmagan odamga qizimni bervoraveramanmi, kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Ipoteka bankini boshqaruvchisi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Bank boshqaruvchisiga borib:
— O‘g‘limni Ipoteka bankiga boshqaruvchi qilib ishga olsangiz.
— Iye, qiziq odam ekansiz-ku, duch kelgan odamni bank boshqaruvchisi qilib ishga olaveramizmi? Kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Hokimning kuyovi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Ikki sinfdosh suhbatlashmoqda:
— Nega seni otang tushlikka bunchalik ko‘p pul beradi?
— Aslida adam buncha pul bermas edilar. Ular mendan maktab oshxonamizni telefon raqamini so‘ragandilar, men ataylab ko‘chaning narigi tarafidagi restoranning raqamini berdim. Adam restornga qo‘ng‘iroq qilib, tushlik necha pul turishini so‘rabdilar. O‘sha kundan beri menga shunaqa ko‘p pul beradigan bo‘lganlar.