Ikki kishi bir bog‘ni talashib qolibdi. Advokatga borib deyishibdi: — Bu bog‘ meniki desam, manavi odam meniki deyapti, - deyishsa, advokat o‘ylab turib: — Bir hafta bog‘ga ikkingiz ham kirmay turinglar, - depti. Haligi odamlar bir hafta bog‘ga umuman kirishmabdi. Bir kuni sekin poylab kelishsa, advokat bog‘ni ichkarisida o‘g‘li bilan daraxdagi hamma mevalarni terib yurganmish.