Afandi davrida bir vazir maqtanchoqlikda dong qozongan ekan. "Hamma ishni qila olaman, qo‘limdan hamma narsa keladi" deb maqtanarkan. Bir kuni Afandi o‘sha vazirni oldiga kelib, hushtakni uzoq chalibdi-da: — Endi mana shunga vergul qo‘yib bering-chi! - debdi.