Bir qiz uchrashuvga kech qolib keldi.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan:
— Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant:
— Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.
To‘qqizinchi sinf o‘qituvchisi vinetkaga pul olib kelmagan o‘quvchilarga debdi:
— Yigirma yildan keyin sinfdoshlaringizni suratlariga qarab eslab yurasizlar.
O‘quvchilardan biri:
— Rahmatli ustozlarimizni ham eslab o‘tiramizmi?!
Oshpazlik kursida tahsil olayotgan qizidan onasi so‘rabdi:
— O‘zing tayyorlagan taomdan tatib ko‘rishga ruxsat berishadimi?
Qizi ko‘ziga yosh olib:
— Majbur qilishadi, - debdi.