Bir odamni yoniga gadoy kelib pul so‘rabdi: — Akajon pul bering. Avtobusga ham pulim yo‘q... Haligi odam gadoyga pul bersa, gadoy pulni olib to‘g‘ri barga kirib ketibdi. Ortidan kirib: — Avtobusga pulim yo‘q deding. Pul berdim. Nega aroq ichgani o‘tirib olding? - desa, gadoy: — Shu aroqni ichsam avtobusda ham tekinga ketaman-da aka. Sizni aldaganim yo‘q, - debdi.