Bolalar bog‘chasida ikkita bola tuvakda o‘tirgan ekan biri debdi: — Sen o‘g‘il bolamisan, qiz bolami? — Bilmiman, - debdi. — Tuvakdan tur-chi, aytaman! - debdi bola. — O‘g‘il bola ekansan! — Qayerdan bilding? — Tuvaging ko‘k rangda ekan. Qizlarni bog‘cha opam qizil tuvakka o‘tkizadilar.