Ona tuya va bo‘taloq suhbati: — Oyi, nega bizni oyoqlarimiz katta va xunuk? Otni oyog‘ini qarang. Shunaqa bo‘lsa bo‘lmaydimi? — Eh bolam, biz cho‘lda, qumni ustida yuramiz. Shuning uchun oyoqlarimiz shunaqa. — Oyi, nega bizni belimizda o‘rkach bor. Tekis, chiroyli bo‘lsa bo‘lmasmidi?! — O‘g‘lim, biz cho‘l hayvonimiz. O‘rkachimizni ichida suv va yog‘ saqlaymiz. — Oyi, nega bizni lablarimiz bunaqa katta va qo‘pol? — Chunki cho‘ldagi tikonlarni yeyishga mo‘ljallangan. — Oyi, axir biz tug‘ilgandan beri zooparkda yashaymiz-ku!