Bir kuni kishi afandini oldiga kelib maslahat so‘rabdi: — Afandi janoblari, men yaqinda uylandim. Lekin xotinim cho‘loqligini uylangach bildim. Endi ajrashaymi? Nima qilay? Afandi kulib debdi: — Agar xotining bilan yugurish musobaqasini o‘ynamoqchi bo‘lsang albatta ajrashasan-da!