Bir darvesh, daydi odam ko‘chada ketayotsa, ko‘prik ustida joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan yigitga ko‘zi tushibdi. Darvesh yigitni yoniga kelib: — Menga qara! Sen baribir o‘lmoqchisan. Shu ust-boshingni menga yechib bera olmaysanmi? Meni kiyimlarim judayam iflos va badbo‘y bo‘lib ketdi, - desa, yigit: — Yo‘qol! Sen iflos va jirkanchsan! Meni kiyimlarimni olmaysan! - desa, darvesh xotirjam: — Mayli. Tezroq sakra! Men seni pastda kutaman! - dermish.