Bir to‘yda yarim tungacha bazm bo‘libdi-yu oxiri o‘rtakash bir otaxonni o‘rtaga chaqirib:
— Otaxon duo qilib bering, - debdi.
Otaxon o‘rtakashni oldiga kelsa, o‘rtakash otaxonni qulog‘iga zamonaviy BLUETOOTH mikrofonni taqib gapiring, - debdi.
Otaxon o‘rtakashga qarab:
— Menga mikrofon ber, - desa.
O‘rtakash:
— Otaxon gapiravering hamma eshityapti, - debdi.
Otaxon jahli chiqib:
— Mikrofon ber-e, - desa.
O‘rtakash otaxonni qo‘liga bitta stakanni berib, mana mikrofon endi gapiring, - desa.
Otaxon gap boshlabdi:
— Mana bugun jiyanimiz Abdusattor... jiyanimiz Abdusattor, - debdi-yu.
Kelinni ismi esidan chiqib qolib, stakanni orqasiga yashirib, o‘rtakashga qarab:
— Anu alvastini ismi nimaydi, - dermish.
— 15 sutkani qanday olding, deb so‘rayapsizmi?
Ko‘chada ketayotgan edim. Ikkita militsiya xodimi kelib:
— Yuring, guvoh bo‘lasiz, - deyishdi.
Shunda tilim qichib:
— ZAGSdan o‘tasizlarmi, - deb yuboribman...
Afandi bir poshshoga baliq sovg‘a qildi. Poshsho bu sovg‘a uchun Afandiga xazinadan bir tilla in’om qildi. Afandi chiqib ketishi bilan vazir poshshoga dedi:
— Har kim baliq ko‘tarib kelsa bir tilladan beraversangiz xazina bo‘shab qoladi-ku?
— Darvoke, aytganingiz to‘g‘ri. Nima qilish kerak?
— Darhol Afandini qaytarib kelishni buyuring,— dedi vazir.
Poshsho Afandining ketidan odam yubordi-da, vazirga dedi:
— Tillani qaytarib ber desak kanday bo‘lar ekan?
— Buning iloji oson,— dedi vazir,— Afandidan balig‘ing erkakmi, urg‘ochimi deb so‘raysiz, urg‘ochi desa, «Menga erkak baliq kerak» deysiz, erkak desa, «Menga urg‘ochi baliq kerak» deysizu tillani qaytarib olasiz.
Afandi keldi. Poshsho undan so‘radi:
— Balig‘ing erkakmi urg‘ochimi?
Afandi poshshoning niyatini payqab:
— Balig‘im xunasa edi,— deb javob berdi.
Poshsho uning ziyrakligiga qoyil qolib, yana bir tilla in’om qildi.
O‘lim jazosiga hukm qilingan yevreydan so‘rashibdi:
— So‘nggi so‘zingni aytishing mumkin!
— O‘limim oldidan so‘nggi martta qulupnay yemoqchiman.
— Axir qulupnay bahorda pishadi.
— Mayli, men kutib turaman...